Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

1995-yilda malika Diana BBC’ga intervyu bergandan so‘ng boshlangan janjal shu kungacha davom etib keladi. Va nihoyat, qirollik oilasi mazkur suhbat uchun telekanaldan 1,5 million dollar tovon puli oladigan bo‘ldi, deb xabar beradi PeopleTalk.

Foto: @princessdianalady

Shov-shuvlarga sabab bo‘lgan o‘sha intervyuda malika Diana jurnalist Martin Bashirga qirollik oilasida yashash juda qiyinligini aytgan. U o‘shanda birinchi marta eri shahzoda Charlz boshqa ayolni sevishini tan olgan. Ko‘rinib turibdiki, Diana bu intervyuga Yelizaveta II ning ruxsatisiz rozi bo‘lgan.

Foto: Malika Diananing BBC’ga bergan intervyusidan kadr

Tergov xulosasiga ko‘ra, jurnalist malika Diana bilan intervyu olishda nohaq usullardan foydalangan. Ma’lum bo‘lishicha, Bashir malikaning ishonchini qozonish uchun bank hisob varaqlarini soxtalashtirgan va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan hikoyalarni to‘qib chiqargan. Qirollik manbasiga ko‘ra, bu tergovda shahzoda Uilyam ham ishtirok etgan.

Shahzoda Uilyam va malika Diana

Shahzoda Uilyam va malika Diana
Foto: Legion Media

Xorijiy OAV xabarlariga ko‘ra, qirollik oilasi kompensatsiya sifatida oladigan pullar xayriya ishlariga sarflanadi. Qayd etilishicha, bu summa kanalga o‘sha intervyuni namoyish etish huquqini sotishdan tushgan daromad foizini o‘z ichiga oladi.

Shahzoda Charlz va malika Diana

Shahzoda Charlz va malika Diana
Foto: Legion Media

Eslatib o‘tamiz, aynan shu intervyu malika Diana hayotidagi kelishmovchiliklarning boshlanishi edi. Suhbatni 23 milliondan ortiq kishi tomosha qilgan va u haligacha Britaniya televideniyesi tarixidagi eng yuqori reytinglarni band qilib turibdi. Mazkur intervyu sabab Yelizaveta II shahzoda Charlz va malika Diananing ajrashishini talab qilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
YCHL. “Bavariya” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi, “Marsel” 5 ta gol urilgan o‘yinda “Sporting” ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 4-oktabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Belgorod shahri osmonida noma’lum uchqun paydo bo‘ldi (video)