Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Germaniya Superkubogidan o‘rin olgan o‘yinda “Bavariya” 17-avgust, seshanba kuni “Borussiya D” bilan kuch sinashdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Dortmundda kechgan bellashuv “Bavariya”ning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Myunxen klubi safida Robert Levandovski dublga erishdi. Polshalik hujumchi, shuningdek, Tomas Myullerning goliga assistentlik qildi. “Arilar”ning javob to‘piga esa Marko Roys mualliflik qildi.

“Bavariya” o‘z tarixida 9-marta Germaniya Superkubogini qo‘lga kiritdi. Bu myunxenliklarning yangi ustozi Yulian Nagelsmann uchun klub boshqaruvidagi ilk sovrin bo‘ldi.

Germaniya Superkubogi

17-avgust, seshanba

“Borussiya D” — “Bavariya” 1:3

Gollar: 0:1 – 41 Levandovski, 0:2 – 49 Myuller, 1:2 – 64 Roys, 1:3 – 74 Levandovski.

“Borussiya D”: Kobel, Passlak (Volf, 84), Shults, Akanji, Bellinghem (Reynyer, 84), Vitsel, Daud, Reyna (Pashalich, 78), Roys, Mukoko (Malen, 58), Holand.

“Bavariya”: Noyer, Stanishich (Sarr, 87), Upamekano, Devis, Zyule, Goretska, Kimmix, Myuller (Musiala, 73), Koman (Sane, 49), Levandovski (Shupo-Moting, 88), Gnabri (Tolisso, 73).

Ogohlantirishlar: Zyule (23), Roys (25), Daud (32), Sane (83).

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda Urug‘chilik hamda pistachilik ilmiy markazlari tashkil etiladi
Dunyo
Qirg‘izistonda 9 kishida “Seftriakson”ga allergik reaksiya kuzatildi, bir kishi vafot etdi
Shou-biznes
Yillar davomida tanib bo‘lmas darajada o‘zgargan Gollivud aktyorlari (foto)