Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Surxondaryo viloyatida Captiva va Damas avtomobillarini yo‘l harakati qoidalarida zid ravishda boshqargan haydovchilarga nisbatan chora ko‘rildi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

Kadr: Telegram

Kadr: Telegram

Ijtimoiy tarmoqlarda Captiva va Damas avtomobillari haydovchilari guruh-guruh bo‘lib harakatlangani, shuningdek, ayrim yo‘lovchilar mashina lyuki va oynasidan tanasini chiqarib olgan holda ketayotgani tasvirlangan video tarqaldi.

Holat bo‘yicha olib borilgan tekshiruvlar davomida qoidabuzar haydovchilar shaxsi aniqlanib, ularga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan bayonnomalar tuzilgan.

Avvalroq Toshkentda yo‘lning qatnov qismida drift qilgan haydovchiga chora ko‘rilib, Gentra’si jarima maydoniga joylashtirilgani, Toshkent viloyatida raqamlarini berkitib, drift-shou uyushtirgan haydovchilar jazolangani, Olmaliqda YPX xodimiga qoidabuzar Malibu’ni qo‘yib yuborishni buyurgan komandir intizomiy jazoga tortilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Turkiya yangi dunyo tartibining markazida bo‘lishi kerak” — Erdo‘g‘on
Mahalliy
Andijonda 41 kishi jarohatlangan avtohalokat qurbonlari soni 4 nafarga yetdi
Mahalliy
O‘zbekistonda pomidor narxi barqarorlashdi