Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkentning Yangihayot tumanida yo‘lning qatnov qismida drift qilgan Gentra haydovchisiga chora ko‘rilib, mashinasi jarima maydoniga joylashtirildi. Bu haqda “Toshkent” telekanali dasturida ma’lum qilindi.

Foto: Videodan kadr

Foto: Videodan kadr

Ma’lum qilinishicha, 11-may kuni soat taxminan 18:30 da Yangihayot tumanida istiqomat qiluvchi fuqarolar Gentra haydovchisi yo‘l harakati qoidasini qasddan mensimasdan, boshqa harakat qatnashchilariga xalaqit bergani aks etgan videoni ichki ishlar organlariga yuborib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida qoidabuzar haydovchi 31 yoshli A. ismli shaxs ekanligi aniqlangan. Unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 125-moddasi (transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish) 6-qismi va 128-moddasi (haydovchilarning transport vositalarini piyodalar yo‘lkalaridan yurgizishi, yo‘l belgilari va yo‘l harakatining boshqa qoidalari talablariga rioya etmasligi) 5-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan va avtomobil vaqtinchalik jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Ma’lumot uchun, ushbu kodeksning 125-moddasi 6-qismida BHMning 10 baravari (19-may holatiga ko‘ra, 2 million 450 ming so‘m) miqdorida jarima, 128-moddaning 5-qismida esa BHMning 4 baravari (980 ming so‘m) miqdorida jarima yoki transport vositasini boshqarish huquqidan 6 oy muddatga mahrum etish jazosi ko‘zda tutilgan.

Avvalroq Toshkent viloyatida raqamlarini berkitib drift-shou uyushtirgan haydovchilar jazolangani, noqonuniy poyga uyushtirgan shaxslarga nisbatan chora ko‘rilgani, Buxoroda TikTok uchun drift qilgan haydovchiga chora ko‘rilib, “Jiguli”si jarima maydoniga joylashtirilgani haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Foto: Zarbalardan keyin chiroqsiz qolgan Ukrainaning koinotdan ko‘rinishi
Mahalliy
Andijonda Isuzu va yuk mashinasi to‘qnashishi oqibatida 41 kishi jarohatlandi, 3 nafari voqea joyida halok bo‘lgan
Dunyo
Sena daryosi bo‘ylab sayr: turli-tuman qiyofalar va mashhur tarixiy obidalar — suratlarda