Daryo

Jahongir Xo‘jayevning Mustang’i avariyaga uchragan vaqtda rulda boshqa odam bo‘lgani aniqlandi

“To‘qnashuv natijasida tan jarohati olganlar yo‘q”, — deyiladi xabarda

1 daqiqa o‘qish207 092 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Toshkent shahar IIBB YHXB matbuot xizmati

Toshkent shahar IIBB YHXB komik aktyor Jahongir Xo‘jayevga tegishli Ford Mustang avtomobili ishtirokidagi YTH yuzasidan ma’lumot berdi.

Foto: Toshkent shahar IIBB YHXB matbuot xizmati

“Joriy yilning 14-avgust kuni soat 18:00 larda Toshkent shahri Chilonzor tumani KXAY va Do‘mbirobod ko‘chalari kesishgan chorrahada haydovchi 1994-yilda tug‘ilgan A.R. boshqaruvidagi Ford Mustang rusumli hamda haydovchi, 1994-yilda tug‘ilgan E.M. boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan. To‘qnashuv natijasida tan jarohati olganlar yo‘q”, — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

Shuningdek, Jahongir Xo‘jayev ham Instagram orqali barcha kuzatuvchilariga videomurojaat yo‘llab, sog‘-salomat ekanligini ma’lum qildi. Shuningdek, u avariya vaqtida mashinasini boshqargan inson yaqin do‘sti ekanligini ham ta’kidlagan. U YTH oqibatida mashinasiga qanday zarar yetganini ham ko‘rsatgan.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar