Bugun,

  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42

Gaitida 14-avgust kuni yuz bergan 7,2 magnitudali zilzila qurbonlari soni 1419 kishiga yetdi. Ularning soni yana oshishi mumkin, deb yozadi Reuters respublika fuqaro muhofazasi boshqarmasiga tayanib.

Foto: EPA

Boshqarma rahbari Jerri Chendlerning so‘zlariga ko‘ra, silkinishlar ba’zi shaharlarni vayron qilgan va ko‘chkilarga olib kelgan, bu esa qutqaruv ishlariga to‘sqinlik qilgan.

Mahalliy hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, yaradorlar soni 6900 ga yaqin. Ko‘pchilik og‘ir jarohat olgan. Bundan tashqari, zilzila oqibatida 7000 dan ziyod uy vayron bo‘lgan va 5000 ga yaqini zarar ko‘rgan, 30 000 ga yaqin oila boshpanasiz qolgan.

Foto: EPA

Foto: EPA

Foto: EPA

Kasalxonalar, maktablar, ofislar va cherkovlar vayron bo‘lgan. Mamlakatda yo‘llar buzilgan, elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolar bor, hukumat ichimlik suvi va dori-darmon tanqisligi haqida gapirmoqda.

Foto: EPA

Foto: EPA

Foto: EPA

Gaitida 14-avgust, shanba kuni 7,2 magnitudali zilzila yuz berdi. Uning ketidan ketma-ket aftershoklar, xususan, 5,2 magnitudali takroriy yerosti silkinishlari kuzatilgan. Zilzila episentri poytaxt Port-o-Prensdan 125 kilometr g‘arbda joylashgan. Gaiti bosh vaziri Ariel Anri mamlakatda bir oylik favqulodda holat e’lon qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
AQSH armiyasi yollanma askarlar tanqisligiga duch kelmoqda — Bloomberg
Sport
“Temur ham, Bobur ham Hindistonni aql bilan olgandi”. Twitter foydalanuvchilari shaxmat Olimpiadasidagi g‘alaba haqida
Madaniyat
Instagram: Tug‘ilgan kunini nishonlagan Shahzoda Matchonova, yangi mashinali bo‘lgan Aziza Xalilova, farzandli bo‘lgan Yulduz Nizomova