Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qashqadaryo viloyatining Koson tumani hokimligi atrofida o‘rnatilgan temir to‘siqlar 15-avgust kuni olib tashlandi, deb xabar bermoqda tuman hokimligi matbuot xizmati.

Foto: Koson tumani hokimligi matbuot xizmati

Foto: Koson tumani hokimligi matbuot xizmati

“Koson tumani hokimligi fuqarolar bilan ishlashda ochiqlik va oshkoralikka doim amal qilib keladi. Bunga yaqinda tuman hokimi kabineti Xalq qabulxonasiga aylantirilgani yaqqol misol bo‘ladi. Qolaversa, hokimlik xalq bilan o‘rtadagi har qanday to‘siqni olib tashlash tarafdori. Shu bois, bugun hokimiyat atrofidagi panjaralar buzib olindi”, — deyilgan hokimlik xabarida va endilikda bino atrofida bunday panjalar o‘rnatilmasligi bildirilgan.

Foto: Koson tumani hokimligi matbuot xizmati

Foto: Koson tumani hokimligi matbuot xizmati

Foto: Koson tumani hokimligi matbuot xizmati

Foto: Koson tumani hokimligi matbuot xizmati

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Qashqadaryo viloyati hokimi Zoir Mirzayev hali ham Qashqadaryoning ayrim hokimliklari panjara bilan o‘ralganini tanqid qilgandi.

“Kichkinagina viloyat tashkilotlari panjara, panjaradan so‘ng yana nimalardir qo‘yib, odamlarning yo‘lini to‘sib qo‘ygan. O‘zi qo‘riqlanadigan hech narsa yo‘q, lekin panjara bilan to‘silgan. Men shunday paytda tashkilot rahbarlaridan panjara bilan kimdan nimani qo‘riqlayotganini so‘rayman. Xo‘sh, tashkilotini xalqdan qo‘riqlayaptimi?”, — degan edi viloyat rahbari.

“Nimaga hokimlik yopiq joy bo‘lishi kerak? Men viloyat hokimligiga chaqirilgan hokimlarni har safar hokimlik oldidan olib kirishni buyuraman, nimaga? Hokimlar shu tomondan kirsa, panjara yo‘qligini ko‘radi. Men hokimlik binosiga kirayotgan yo‘lda panjara yo‘q. Buni aqli yetgan tushunadi. Odamlar ongida hokimlik haligacha yopiq tashkilot degan tushuncha qolmasligi kerak”, — deb ta’kidlagan Zoir Mirzayev.

Qayd etish lozim, G‘uzor tumani hokimi Bekzod Suyunov 2021-yilning 6-fevral kuni shunday tashabbus bilan chiqib, G‘uzor hokimligini o‘rab turgan panjaralarni olib tashlagandi.

Aniqlanishicha, ayni kunda viloyatning Chiroqchi, Dehqonobod, Yakkabog‘, Shahrisabz, Kitob, Koson tumani hokimliklari panjara bilan o‘rab qo‘yilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda 2 kishi ovqatdan zaharlanib vafot etdi
Mahalliy
Toshkentda avtobusning yurgan masofasiga qarab to‘lov qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi
Mahalliy
Aholining valyuta ayirboshlashga yoʻnaltirgan pul mablagʻlari hajmi 68 foizga oʻsdi — Markaziy bank