Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilning yanvar—iyun oylarida O‘zbekistonda 118 988 ta nikoh qayd etilgan. Shundan 152 nafar oila qurgan ayolning yoshi 60 va undan yuqori bo‘lgan.

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu davrda qayd etilgan nikohlar sonida ayollarning yoshi quyidagicha:

  • 20 yoshgacha ayollar — 31 903 ta;
  • 20—39 yoshgacha ayollar — 84 061 ta;
  • 40—59 yoshgacha ayollar — 2872 ta;
  •  60 va undan yuqori yoshli ayollar — 152 ta.

Avvalroq O‘zbekistonda 2021-yilning dastlabki olti oyida 19 mingdan ortiq oila ajrashgani ma’lum qilingandi. Ajrashgan oilalarning 33,8 foizi 1—4 yil yashagandan so‘ng nikohni bekor qilgan. Tadqiqotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda 40,4 foiz holatda ajrimlar moddiy muammolar tufayli kelib chiqmoqda.