Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkentda 9-avgust oqshomida Tokio—2020 sovrindorlari va ishtirokchilarini kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Aeroportdagi badiiy dastur va qutlovlardan keyin sportchilar Milliy Olimpiya qo‘mitasiga yo‘l oldi. U yerda Olimpiada sovrindorlariga qator sovg‘alar topshirildi.

Tokio Olimpiya o‘yinlari oltin medal egalariga Chevrolet Tahoe avtomobili va 4 sotixli 3 xonali hovli kalitlari topshirildi. Bronza medaliga ega chiqqanlarga esa Chevrolet Trailblazer va 2 xonali uy berildi.

Tokio—2020 Olimpiadasi oltin medali egasi Bahodir Jalolov

Tokio—2020 Olimpiadasi oltin medali egasi Bahodir Jalolov
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Tokio—2020 Olimpiadasi oltin medali sovrindori Ulug‘bek Rashidov

Tokio—2020 Olimpiadasi oltin medali sovrindori Ulug‘bek Rashidov
Foto: Telegram / “Xushnudbek.uz”

Tokio—2020 Olimpiadasi oltin medali sovrindori Akbar Jo‘rayev

Tokio—2020 Olimpiadasi oltin medali sovrindori Akbar Jo‘rayev
Foto: Telegram / “Xushnudbek.uz”

Tokio—2020 Olimpiadasi bronza medali sovrindori Davlat Bobonov

Tokio—2020 Olimpiadasi bronza medali sovrindori Davlat Bobonov
Foto: Telegram / “Xushnudbek.uz”

Tokio—2020 Olimpiadasi bronza medali egasi Bekzod Abdurahmonov (chapdan uchinchi) bo‘lajak rafiqasi Nigora Tursunqulova va oilasi bilan

Tokio—2020 Olimpiadasi bronza medali egasi Bekzod Abdurahmonov (chapdan uchinchi) bo‘lajak rafiqasi Nigora Tursunqulova va oilasi bilan
Foto: Telegram / “Xushnudbek.uz”

Qayd etish kerak, Olimpiadadan avval oltin medal egalariga 200 ming AQSh dollari, bronzaga ega chiqqanlarga esa 50 ming dollar pul mukofoti berilishi ma’lum qilingandi.

Ma’lumot uchun, Chevrolet Trailblazer avtomobilining narxi 304—398 million so‘m bo‘lsa, Tahoe 595—795 million so‘m turadi.

Tokio Olimpiadasida Ulug‘bek Rashidov (taekvondo), Akbar Jo‘rayev (og‘ir atletika) va Bahodir Jalolov (boks) oltin, Davlat Bobonov (dzyudo) hamda Bekzod Abdurahmonov (erkin kurash) bronza medaliga ega chiqdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
“Xudodan qo‘rqmagan odamdan qo‘rqdim”. O‘zbekiston xalq artisti Bobomurod Hamdamov oilaviy nizolar tufayli ijara uyda yashamoqda (video)
Mahalliy
“Odamlar o‘limida o‘zimni aybdor hisoblamayman” — Nukusdagi tartibsizliklar yetakchisi Dauletmurat Tajimuratov
Mahalliy
Samarqandda o‘quvchining onasi “zamdirektor”ni kaltakladi