Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 14-turidan o‘rin olgan so‘nggi o‘yinlar 8-avgust, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.
“Navbahor” Olmaliqda “So‘g‘diyona” bilan bahs olib bordi. 21-daqiqada Shohruz Norxonov jizzaxliklarni oldinga olib chiqdi. Uchrashuv “So‘g‘diyona”ning kichik hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
“So‘g‘diyona” ushbu g‘alabadan so‘ng ochkolari sonini 27 taga yetkazdi va 2-o‘ringa chiqib oldi. “Navbahor” esa 17 ochko bilan 8-o‘rinda bormoqda.
“Qo‘qon-1912” va “Turon” jamoalari Yaypandagi stadionda o‘zaro bahsga kirishdi. 71-daqiqada Slavko Lukich qo‘qonliklarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 73-daqiqada maydonga tushganiga 2 daqiqa bo‘lgan Kim Bo Yong hisobni tenglashtirdi. 79-daqiqada Sunnatilla Abdullajonovning golidan keyin “Turon”ni hisobda oldinga olib chiqdi. 84-daqiqada Muhammadanas Hasanov muvozanatni tikladi. Uchrashuv jangovar durang bilan yakunlandi.
14-turdan so‘ng “Qo‘qon—1912” 16 ochko jamg‘arib 10-o‘rinni egallab turibdi, “Turon” esa 9 ochko bilan 13-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
14-turdan so‘ng jadvaldagi holat:
Superliga
14-tur bahslari
8-avgust, yakshanba
“Qo‘qon—1912” — “Turon” 2:2
Gollar: 1:0 — 71 Lukich, 1:1 — 73 Bo Yong, 1:2 — 79 Abdullajonov, 2:2 — 84 Hasanov.“Qo‘qon-1912”: 1. Muzaffar Abdullayev, 3. Bobirjon Akbarov, 5. Slavko Lukich, 8. Farhodbek Bekmurotov, 10. Shohnazar Norbekov (18. Anvar Hojimirzayev, 69), 13. Sardor Azimov (19. Suhrob Berdiyev, 69), 15. Oybek Rustamov, 22. Muhammadanas Hasanov, 33. Ivan Yosovich, 70. Murod Xolmuhammedov, 91. Yakuba Bamba.
“Turon”: 1. Nizomiddin Ziyovuddinov, 7. Sunnatilla Abdullajonov, 10. Ixtiyor Toshpo‘latov (14. Doniyor Ismoilov, 81), 17. Muzaffar Muzaffarov, 18. Fozil Musayev, 19. Vladislav Kasminin, 22. Abdulazizxon Abdurashidov, 30. Sinisha Babich (43. Kim Bo Yong, 72), 32. Jahongir Mehmonov, 55. Dayan Ponyevich, 77. Bilolxon Toshmirzayev.
Ogohlantirishlar: Toshmirzayev (22), Rustamov (43), Hojimirzayev (92).
“So‘g‘diyona” — “Navbahor” 1:0
Gol: 1:0 — 21 Norxonov.“So‘g‘diyona”: 27. Milan Mitrovich, 2. Sardor Qulmatov, 5. Ayubxon Nomanov, 6. Iskandar Shoyqulov (63. Asiljon Begimqulov, 73), 10. Shohruz Norxonov, 11. Jasur Hasanov, 14. Daniel Nasriddinov (77.Sahob Rashidov, 55), 17. Shahboz Jo‘rabekov, 19. Javohir Qahramonov, 31. Luka Chermel, 93. Marko Kolakovich.
“Navbahor”: 1. O‘tkir Yusupov, 4. Boyan Siger, 7. Azimjon Ahmedov, 9. Ivan Solovyov, 10. Quvondiq Ro‘ziyev (28.Ilhom Alijonov, 80), 14. Kosta Guttiner (70. Abbos G‘ulomov, 46), 19. Mirzohid G‘ofurov, 22. Igor Golban, 24. Davron Hoshimov, 88. Boyan Naydenov, 95. Zabihillo O‘rinboyev.
Ogohlantirishlar: Qulmatov (17), Siger (19), Chermel (72), Kolakovich (74).