Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Andijon viloyatida fuqarolarni oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kiritish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Departament hamda DXXning Qo‘rg‘ontepa tumani bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda Andijon davlat universiteti katta o‘qituvchisi U.Q. fuqaro M.ning farzandini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Qirg‘izistondagi universitetlardan birining Stomatologiya yo‘nalishiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgani aniqlangan. Buning evaziga u 1,4 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, departament hamda DXXning Shahrixon tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda O.O‘. ismli shaxs boshqa bir fuqaro N.ni Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutiga tanishlari orqali o‘qishga kiritib qo‘ygani aniqlangan. Xizmati evaziga u 1,1 ming dollarni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Andijon va Xorazmda pul evaziga abituriyentlarni o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan institut hisobchisi va talaba ushlangani, Andijonda fuqaroning o‘qishini 1500 dollar evaziga O‘shdan Namanganga ko‘chirib berishni va’da qilgan talaba qo‘lga olingani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, Samarqand va Qashqadaryoda pul evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxslar ushlangani, Surxondaryo va Farg‘onada fuqarolarni o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga pul so‘ragan talabalar qo‘lga tushgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiyada deputatlar davlat budjeti muhokamasida mushtlashdi (video)
Mahalliy
Namangandagi ko‘mir mashmashasi: aholi uchun ko‘mir sotib olish — ovoragarchilik, rahbarlar esa ko‘mirga talab uning sifati yaxshiligidan demoqda (video)
Mahalliy
Toshkentda zo‘ravonlikka qarshi kurash bo‘yicha xalqaro anjuman — suratlarda