• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12777.52
    • RUB161.54
    • EUR14590.65
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Barselona”ga qachon qaytishi, “PSJ”ga o‘tishi mumkinligi va xotiralar haqida. Lionel Messi “Kamp Nou”dagi so‘nggi matbuot anjumanida ko‘z yoshlarini tiya olmadi

    Lionel Messi 8-avgust, yakshanba kuni “Kamp Nou” stadionida “Barselona”dan ketishi munosabati bilan matbuot anjumanida qatnashdi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    Xayrli kun. Gapira olamanmi yo‘qmi, bilmayman. Bu yerda nima deyish haqida oxirgi kunlarda juda ko‘p o‘yladim. Uzoq yildan so‘ng bu yerdan ketish qiyin. Bunga tayyor emasdim. Byurofaks bilan bog‘liq hikoya endi tarixda qoldi. Mening hozir ketish niyatim yo‘q edi. Qolishimga ishongan edik. Bu yer mening uyim. Buni hammadan ko‘ra ko‘proq xohlagandim. Butun hayotimni “Barselona”da o‘tkazdim.

    Xayrlashish marosimimda doim odamlar gavjum bo‘ladi deb o‘ylardim. Ammo hozirgi koronavirus pandemiyasi davrida buni iloji yo‘q.

    “Barselona”ga qaytishi haqida

    Qachondir bu yerga klubning bir qismi bo‘lish uchun qaytaman. Bu yerda istalgan vazifada faoliyat yuritish va “Barsa” dunyoning eng kuchli klubi bo‘lib qolishi yo‘lida qo‘limdan kelgan barcha ishni qilishni istayman. Albatta, ko‘p narsa yodimdan chiqib qolyapti. Ayni vaqtda o‘ylash va gapirish uchun yaxshi holatda emasman.

    “PSJ”ga o‘tishi mumkinligi haqida

    Ha, “PSJ” — ehtimoliy variantlardan biri. Lekin hozircha hech narsa rasman hal qilinmadi. “Barselona”ning bayonotidan keyin ko‘plab klublardan qo‘ng‘iroqlar bo‘ldi. Hozircha shartnoma imzolanmadi, faqatgina muzokaralar o‘tkazilyapti.

    “PSJ” futbolchilari bilan birga tushilgan surat shunchaki tasodif. Ular hazillashib, “Parijga kel” deyishdi. Bu shunchaki hazil edi. Ular bilan do‘stona uchrashdim, xolos.

    Xotiralar haqida

    Bu klub qadriyatlariga xos tarzda o‘sdim, bu yo‘lda kamtar bo‘lish va boshqalarga hurmat bilan munosabatda bo‘lishga intildim. Faoliyatim qanday kechgani, qo‘lga kiritilgan sovrinlar, shuningdek, mag‘lubiyatlar uchun ham minnatdorman. Bu juda chiroyli xotiralar. G‘alabani muxlislar bilan birga nishonlash, turmush o‘rtog‘im va bolalar bilan birgalikda quvonish. Ko‘plab vaziyatlarni esda saqlab qolishim kerak.

    Qayg‘udaman. Chunki sevgan jamoamni tark etyapman. Buni kutmagan edim. O‘tgan yili ketishni istagandim, ammo shu yil emas. Shuning uchun xafaman.

    Futbolchilar “Barselona”ga kelishda davom etadi. Klub har qanday futbolchidan ustun, buni qabul qilish lozim. Avvaliga g‘alati ko‘rinadi, lekin vaqt o‘tgach, barchasi iziga tushadi. “Barselona”da ajoyib tarkib bor.

    “Barselona” bilan muammosi yo‘qligi haqida

    Haqiqatan ham bizda muammo yo‘q edi. Klub bilan barcha detallarni kelishib olgandik. Hech qanday kelishmovchilik bo‘lmadi. “Barsa”da qolaman deb o‘ylagandim. Lekin La Liga qoidalariga ko‘ra buning iloji bo‘lmadi.

    Buni eshitgan vaqtimda xuddi kimdir muzdek suvni ustimdan quyib yuborgandek bo‘ldi. Hali ham bunga ko‘nika olmayapman.

    “Barselona” bilan yangi kelishuv shartlari borasida

    Maoshni 50 foizga qadar kamaytirdim, mendan boshqa hech narsa so‘rashmadi. Shundan keyin maoshni yana 30 foizga kamaytirishni so‘raganliklari haqidagi xabarlar yolg‘on. Bunaqasi bo‘lmadi.

    Biz barcha ishni qildik, ammo qolishning iloji bo‘lmadi. Har doim muxlislarga nisbatan rostgo‘y bo‘lganman. Atrofda ko‘plab mish-mishlar bor, ularning ko‘pi yolg‘on.

    “Barsa”da qola olmasligi sababi haqida

    Xoan Laporta bu haqda aytdi. Biz hammasi borasida gaplashib oldik, biroq La Liga bilan muammo tufayli qola olmadim. Men qo‘limdan kelgan barcha ishni qildim. Klub gap La Ligada ekanini aytdi, lekin qola olmasligim borasidagi ko‘plab sabablarni eshitdim.

    Miyamda ko‘plab fikrlar bor, boshi berk yo‘ldaman. “Barselona”dan ketib, qanday yashashim borasida hozirgacha o‘ylab ham ko‘rmaganman. Hayotim butunlay o‘zgarib ketadi. Asosiy jamoa bilan 16 yil birga bo‘ldim. Hammasini boshidan boshlash vaqti keldi.

    Bu oilam uchun qiyin qadam. Bu shahar ular uchun qanday qulay ekanini bilaman. Biroq shunisini aniqki, ular meni olqishlashda davom etadi va hammasi joyida bo‘ladi. Buni qabul qilish va shunchaki boshidan boshlash zarur.

    Sovrinlar haqida

    Yana bitta Chempionlar Ligasi sovriniga ega chiqa olmaganimizdan afsusdaman. “Liverpul” bilan yarim final o‘yinida biz juda yaqin kelgandik. Gvardiola qo‘l ostida yarim finalda “Chelsi”ga qarshi o‘ynaganda ham yaqin edik.

    Biz yana bitta YChLni qo‘lga kiritishimiz mumkin edi, biroq men hech narsadan afsuslanmayman. Maqsadim — g‘alabalarda davom etish. Bir nechta chempionatda g‘olib chiqishni va Dani Alvesni (dunyoning eng sovrindor futbolchisi) quvib o‘tishni istayman. Eng kamida unga yaqin kelishga harakat qilaman.

    Lionel Messi, futbolchi

    Ma’lumot uchun, Messi “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2000-yildan beri klub sharafini himoya qiladi, 2003-yildan esa asosiy jamoada o‘ynaydi. U katalon klubi bilan Ispaniya chempionatida 10, Ispaniya Kubogi va Superkubogida 7, Chempionlar Ligasida 4, Yevropa Superkubogida va klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionatida 3 martadan g‘alaba qozongan. Messi faoliyati davomida “Barselona”dan boshqa jamoada o‘ynamagan.

    U “ko‘k-anorranglilar” safida umumiy hisobda 778 ta o‘yin o‘tkazib, 672 ta gol, 305 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Uning jamoa bilan qo‘lga kiritgan sovrinlari soni esa 35 tani tashkil qiladi.

    Messi 2020-yilning yozida ham klub rahbariyatidan norozi bo‘lib jamoadan ketmoqchi bo‘lgan. Biroq o‘shanda qadrdon klubi bilan sudlanishni istamagani uchun Kataloniyada qolishga qaror qilgandi. 34 yoshli argentinalikning “Barselona” bilan shartnomasi 2021-yilning iyun oyi oxirida o‘z nihoyasiga yetgandi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Mavzuga doir: 

    • Messi nega “Barselona”dan ketdi? “Real” bilan kelishuv va La Ligaga qarshi urush haqida
    • “Oltin to‘p”, Toshkentga tashrif va Ronaldu bilan azaliy raqobat. Messining “Barselona”dagi faoliyatiga nazar (fotogalereya)
    • “Klub o‘yinchi, murabbiy va direktorlardan ustunroq”. “Barselona” prezidenti Lionel Messi bilan bog‘liq holat yuzasidan bayonot berdi

    08.08.2021, 16:14   Izoh (0)   45114
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Tanqidlar, 5 yil kutilgan g‘alaba va ko‘z yoshlar. Onasiga bergan va’dasining ustidan chiqqan Bahodir Jalolov (fotogalereya)

    08.08.2021, 14:28

    7 ta gol, 3 ta qizil kartochka. Eldor Shomurodov debyut golini urgan o‘rtoqlik o‘yinida “Roma” yirik hisobda yutqazdi

    08.08.2021, 03:14

    Fransiya chempionatida 2021/22-yilgi mavsum start oldi. “PSJ” 1-turda irodali g‘alabaga erishdi, “Lion”da esa durang

    08.08.2021, 02:29

    “Lester” APL chempioni “Manchester Siti”ni taslim etib, Angliya Superkubogiga ega chiqdi

    07.08.2021, 23:27

    Superliga. “Lokomotiv” “OKMK”ga qarshi kechgan dramatik o‘yinda g‘alabani qo‘ldan chiqardi, “Metallurg” o‘z uyida alamli mag‘lubiyatni qabul qilib oldi

    07.08.2021, 22:26

    Safina Sa’dullayeva shaxsiy rekordini takrorladi, badiiy gimnastikachilar esa saralashdan o‘ta olmadi. O‘zbekistonlik sportchilarning Tokio—2020 15-kunidagi natija...

    07.08.2021, 20:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    Bektemir Residence — oilaviy turmush uchun mo‘ljallangan uy-joy majmuasi


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Fransiya Ukrainada dron ishlab chiqaradi

    Dunyo | 9 iyun, 08:54

    Millatlar Ligasi. Ronaldu va Portugaliya finalda Ispaniyani mag‘lub etib, bosh sovringa ega chiqdi (video)

    Sport | 9 iyun, 08:02

    Amerika aviakompaniyalari samolyotlarda Starlink xizmatini o‘chira boshladi

    Dunyo | 8 iyun, 23:55

    AQSH va Xitoy savdo bojlari borasida Londonda uchrashuv o‘tkazadi

    Dunyo | 8 iyun, 23:05

    Fransiya Germaniyani mag‘lub etib Millatlar Ligasi bronza medalini qo‘lga kiritdi

    Sport | 8 iyun, 22:38

    Fransiyada elektroskuter sabab yuzaga kelgan yong‘inda 4 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 8 iyun, 22:10

    Toshkent markazida “Salom, Mundial” supershousi bo‘lib o‘tadi

    O‘zbekiston | 8 iyun, 21:52
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.