Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Senat raisi Tanzila Norboyeva koronavirusga qarshi emlangan. Bu haqda Senat raisining mas’ul xodimi “Daryo”ga ma’lum qildi.

Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati

Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati

Ma’lum qilinishicha, Tanzila Norboyeva 2021-yilning may—iyun oylarida Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasi bilan emlangan.

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlash jarayonlari nisbatan sust ketmoqda. Shu munosabat so‘nggi ikki hafta ichida vaksinatsiya jarayonida qatnashishi mumkin bo‘lgan aholi toifalari kengaytirildi, xususan, Toshkent shahri, Toshkent va Samarqand viloyatlarida 18 yoshdan katta barchani emlashga ruxsat berildi.

Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi 26-iyun kuni “Men vaksina oldim” aksiyasi boshlanganini e’lon qildi. Aksiya doirasida vazirlik matbuot xizmati deyarli har kuni vaksina olgan yuqori martabali o‘zbekistonliklar haqida axborot berib kelmoqda. Ular orasida katta tibbiyot muassasalari rahbarlaridan tortib, viloyat hokimi-yu vazirlargacha bor.

Xususan, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov “Sputnik V” vaksinasi bilan, xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov koronavirusga qarshi o‘zbek—xitoy vaksinasi bilan, sobiq sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov va sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari – Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i Anvar Alimov ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi bilan, O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin, Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov “Sputnik V” vaksinasi bilan emlandi.

Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda koronavirusga qarshi qo‘llanilgan vaksinalar soni 6-iyul holatiga ko‘ra 4,3 million dozadan oshdi. Ulardan 93 358 dozasi birinchi bosqichda, 20 916 dozasi ikkinchi bosqichda hamda 22 014 dozasi uchinchi bosqichda qo‘llanilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiya tobora ko‘proq tashabbusni Ukrainaga berib qo‘ymoqda — Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi
Iqtisodiyot
O‘zbekistondagi banklarda chet elliklar qariyb 900 mln dollarlik omonat saqlaydi — MB
Dunyo
Slovakiyada prokurorlarning kompyuterlariga yashirincha xavfsizlik dasturi o‘rnatilgani janjal keltirib chiqardi