Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

O‘zbek dasturxonini hamisha issiqqina qatlama nonlar bezab turadi. Ayniqsa, ularni murabbo, choy va sho‘rva bilan tanovul qilishning o‘zgacha gashti bor.

Foto: Lifehacker

Foto: Lifehacker

 Kerakli mahsulotlar:

  • suv – 200 ml;
  • tuz – bir osh qoshiq;
  • o‘simlik yog‘i – 1 osh qoshiq;
  • un – 300 gramm;
  • sariyog‘ – 180 gramm.
Tayyorlanish jarayoni:
  1. Iliq suv tuz va o‘simlik yog‘i bilan aralashtiriladi. Un solinib, yumshoq xamir qoriladi.
  2. Xamir sochiq bilan o‘ralib, 15 daqiqaga qoldiriladi.
  3. Sariyog‘ eritib olinadi va sovitiladi.
  4. Xamir 6-8 ta bo‘lakka bo‘linadi. Ularning har biri dumaloq shaklda yoyiladi.
  5. Aylanalar qalinligi 20-30 millimetrda bo‘lishi kerak.
  6. Xamirlar yuzasiga eritilgan sariyog‘ surtiladi.
  7. So‘ngra yaxshilab o‘ralib, yupqaligi 3-4 millimetr bo‘lgan xamir yoyiladi.
  8. Ortib qolgan sariyog‘ tovaga quyiladi va ikki tomoni qizargunga qadar qovuriladi.
Yoqimli ishtaha!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qurilish vazirligi ogohlantiradi: yangi uy xarid qilayotganda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan jihatlar
Mahalliy
“Ba’zida o‘zim ham noto‘g‘ri parkovka qilaman” — Rasul Kusherbayev
Mahalliy
Toshkent shahri bosh rejasining bir qismi 2022-yil oxirigacha yakunlanadi