“Daryo”ni Telegram’da o‘qing! Join!
12:59, 24.07.2021 7252

Pomidor va pishloqdan bir zumda tayyor bo‘ladigan yegulik retsepti

Yengil tamaddi uchun ayni muddao bo‘lgan yegulikni suyuq taomga qo‘shimcha sifatida ham iste’mol qilish mumkin.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • pishloq — 150 g;
  • sarimsoq piyoz — 2-3 dona;
  • pomidor — 3 dona;
  • tuz, murch;
  • mayonez;
  • ko‘katlar.

Tayyorlanish jarayoni:

  • Qirg‘ichdan chiqarilgan pishloqqa maydalangan sarimsoq piyoz qo‘shing.
  • Mayonez, tuz va murch solib aralashtiring.
  • Pomidorlarni dumaloq shaklda bo‘laklarga bo‘lib chiqing.
  • Ustidan pishloqli aralashma solib chiqing.
  • Ko‘katlar bilan bezashni yoddan chiqarmang.

Yoqimli ishtaha!