Boks bo‘yicha -69 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Elnur Abduraimov 31-iyul, shanba kuni Tokio—2020 Olimpiadasida navbatdagi jangini o‘tkazdi.

Foto: Getty Images

1/8 finalda Elnur Tojikiston vakili Bahodur Usmonovga qarshi ringga ko‘tarildi. Jangning katta qismi to‘liq o‘zbekistonlik bokschining ustunligida o‘tdi va yakunda Abduraimov 5:0 hisobida raqibidan ustun keldi.

Keyingi bosqichda Elnur armanistonlik Xovxannes Bachkovga qarshi jang qiladi.

Avvalroq Bahodir Jalolov, Rayhona Qodirova va Shahobiddin Zoirov chorak finalga yo‘llanma olgandi.