• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Eronda ichimlik suvi yetishmasligi tufayli norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda. Saylangan prezident Ibrohim Raisiy inauguratsiyasini kutmasdan mamlakatda tartibni tiklashga kirishdi

    Eronning saylangan prezidenti Ibrohim Raisiy inauguratsiyasini kutmasdan mamlakatda tartibni tiklashga qaror qildi. Shu bilan birga, u xatolar uchun amaldagi ma’muriyatni ayblash imkoniyatini qo‘ldan chiqarmadi. Eronning Xuziston viloyatidagi norozilik namoyishlari tufayli amaldagi prezident Hasan Ruhoniy davrining so‘nggi haftalari og‘ir kechmoqda. Namoyishchilar orasida ham, politsiyachilar orasida ham halok bo‘lgan va yaralanganlar haqida xabarlar bor. Tartibsizliklarga ichimlik suvi yetishmasligi sabab bo‘lgan.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    “Xuzistonda suv yo‘q” va “Xuziston qonga botdi” heshteglari internetning fors tilidagi segmentida ommalashdi. Bir haftadan buyon mamlakatning janubi-g‘arbiy viloyati Xuzistonda namoyishlar to‘xtamayapti. Bunga ichimlik suvining yetishmasligi sabab bo‘lgan. 50 yil ichidagi eng yomon qurg‘oqchilik tufayli bu yil azaliy infratuzilma muammolari ham yanada og‘irlashdi.

    Namoyishlarda jarohat olganlarning aniq soni noma’lum. NetBlocks xalqaro kuzatuv servisi Xuzistondagi norozilik namoyishlarining boshlanishi bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelgan internet uzilishlari haqida xabar bermoqda. Huquq himoyachilari besh namoyishchining o‘ldirilgani haqida gapirmoqda. Eron hukumatining ommaviy axborot vositalarida kamida uch nafar tinch fuqaro va bir nafar politsiyachi halok bo‘lgani xususida xabarlar tarqalgan.

    Shu bilan birga, ushbu OAVlarda tinch aholining o‘limiga politsiyachilar emas, balki terrorchilar aybdor ekani, politsiyachilar namoyishchilarga o‘ta hurmat bilan munosabatda bo‘layotgani haqida ochiq qaydlar mavjud.

    Xususan, “Ahvazni ozod qilish uchun arablar harakati” o‘limlar uchun javobgarlar qatoriga kiritilgan. Uzoq yillar davomida ushbu ayirmachi guruh Xuzistonning Erondan ajratilishini targ‘ib qilib, viloyatda juda ko‘p sonli arab aholisi borligini ta’kidlab keladi. Aynan Xuziston 1980-yillarda Eron va Iroq o‘rtasidagi sakkiz yillik urushning sababchilaridan biriga aylangandi. Endi Eronning ijtimoiy tarmoqlarida aholining azoblanishi aks etgan suratlar paydo bo‘ldi — suratlarda aholi goh iroqlik askarlar, goh o‘z xavfsizlik kuchlari tomonidan nishonga olinayotganini ko‘rish mumkin. Shu bilan birga, rasmiy OAV ijtimoiy tarmoqlardagi “manipulyatsiya”ga ishonmaslikka chaqirmoqda. “Aholi baqirish huquqiga ega, ammo ularning qichqirig‘idan foydalanilmoqda”, — deyiladi Fars News veb-saytida.

    Eron prezidenti Hasan Ruhoniy 22-iyul kuni norozilik bildirish huquqi haqida e’lon qildi. “Ellik daraja issiq va suv yetishmasligi sharoitida yashovchi odamlar norozilik bildirib chiqish huquqiga ega. Qonun doirasidagi tanqidlar e’tirozlarni keltirib chiqarmaydi”, — dedi u va Xuziston xalqini “noto‘g‘ri shiorlar aytayotganlardan” farqlab olish kerakligini ta’kidladi.

    Ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotlarga ko‘ra, Xuziston va mamlakatning boshqa hududlarida hukumatni hamda mavjud tizimni ag‘darishga chaqiriqlar bo‘lgan. Ruhoniy Eronning birinchi vitse-prezidenti Isxak Jahongiriyga Xuzistonga borishni va viloyatdagi vaziyatni shaxsan o‘rganishni buyurgan.

    Biroq Eronda hozirgi ma’muriyatning vaziyatni o‘nglay olishiga ishonadiganlar juda kam. 5-avgust kuni mamlakatning yangi prezidenti Ibrohim Raisiyning inauguratsiyasi bo‘lib o‘tadi. Konservatorlardan bo‘lgan Raisiy iyun oyida deyarli raqobatsiz o‘tgan prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozondi. So‘nggi oylarda konservatorlar amaldagi ma’muriyatni obro‘sizlantirish uchun qo‘llaridan kelgan barcha ishni qildi.

    Aslida, sakkiz yil davom etgan Hasan Ruhoniy prezidentligining oxiri tashqi yordamsiz ham ayanchli ko‘rinadi.

    Mamlakat koronavirus pandemiyasi fonida yanada kuchaygan misli ko‘rilmas iqtisodiy inqirozni boshdan kechirmoqda. Saylovdan so‘ng darhol butun mamlakat bo‘ylab neftchilar ommaviy ish tashlashni boshladi. Taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra, namoyishlarda 60 ga yaqin korxonaning ishchilari qatnashgan. Ular doimiy shartnomalar tuzishni, eng kam ish haqini 400 yevrogacha oshirishni va ish jadvalini o‘zgartirishni talab qilgan. Prezident Ruhoniy ushbu muammolarni hal qilishga va’da berib ulgurmasidan, Xuzistonda namoyishlar alangalab ketdi.

    Ushbu fonda yangi saylangan prezident Ibrohim Raisiy inauguratsiyani kutib o‘tirmadi va dolzarb masalalarni hal qilishga bag‘ishlangan bir qator uchrashuvlarni boshladi. 22-iyul kuni Xuziston muammolariga bag‘ishlangan shunday uchrashuvlardan biri o‘tkazildi. “Vaqtni behuda o‘tkazmaslik uchun” Raisiy maxsus kengash tuzishni taklif qildi. Ushbu kengash viloyatni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishi va yangi hukumat ish boshlashi bilanoq unga ko‘rib chiqish uchun taklif qilishi kerak bo‘ladi. Xususan, gap viloyat daromadlarini qayta taqsimlash, viloyatdagi yetakchi lavozimlarga mahalliy kadrlarni jalb qilish, shuningdek, sho‘r yuvish zavodlariga mablag‘ ajratish va umuman gidroenergetikani rivojlantirish haqida bormoqda. Shu bilan birga, Raisiy shu paytgacha mamlakatning ba’zi boshqa mintaqalari singari Xuzistonga ham yetarlicha e’tibor berilmaganini ta’kidlab, prezident Hasan Ruhoniy boshchiligida iste’foga chiqayotgan ma’muriyat xatolarini tilga olib o‘tdi.

    Xuziston muammosi bugun paydo bo‘lib qolgani yo‘q. Qizig‘i shundaki, bu viloyat Eronning marvaridi bo‘lib, qishloq xo‘jaligi rivojlangan, neft va gazga boy mintaqa. Ammo odamlarda ular ishlab jamg‘argan viloyat budjetining hammasi bir necha yillardan buyon chetga tashib ketilyapti, degan fikr mavjud”, — deydi Erondagi vaziyatga baho berish vaqtida Rossiya tahlil markazi mutaxassisi Yuliya Sveshnikova.

    Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, Ibrohim Raisiyning hokimiyat rasmiy ravishda o‘z qo‘liga o‘tishini kutmaslikka qaror qilgani tabiiy. “Prezident Ruhoniy allaqachon hisobdan chiqarilgan. Hamma e’tibor yangi ma’muriyatga qaratilgan. Konservatorlarning prezidentlik kampaniyasi shuni da’vo qilgandiki, Ruhoniy xalqaro hamjamiyat bilan yadroviy kelishuvga e’tibor qaratgan va shu orqali Eron muammolarini deyarli avtomatik hal qilish mumkin degan fikrda prezidentlik vazifasini bajarmagan. Oxir-oqibat kelishuv buzildi va mamlakatda vaziyat yaxshilanmadi. Eronliklar gap prezidentning shaxsida emas, balki hukumat tuzumida ekanini tushunishini hisobga olsak, yangi ma’muriyat nimani o‘zgartira oladi, degan savol tug‘iladi”, — dedi Sveshnikova.

    Bu orada Islom inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK) Xuziston muammolarini mamlakatdagi eng samarali tuzilma sifatida hal qilishni boshladi. IIMK tomonidan boshqa hududlardan yuborilgan dastlabki ikkita suv tashuvchi transport kolonnasi viloyatga yetib kelgan.

    IIMKning kambag‘allarni ta’minlash bo‘yicha hududiy shtab-kvartirasi ham aholiga yordam ko‘rsatishi kutilmoqda. Viloyat gubernatori Qosim Sulaymoniy-Dashtaki viloyatdagi suv ta’minoti muammolarini bir yil ichida to‘liq hal qilishga so‘z berdi. Ammo, ehtimol unga bunday qilishning keragi bo‘lmas. Sababi Eronning saylangan prezidenti Ibrohim Raisiy Xuziston uchun “maxsus gubernator” tayinlashni va’da qilgan.

    Mavzuga doir: Eronning yangi prezidenti — AQSh sanksiyalariga uchragan dindor konservator. U 1988-yilda rejimning minglab dushmanlarini qatl qilganlikda ayblanib kelmoqda

    25.07.2021, 16:31   Izoh (0)   23551
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Turkmaniston prezidenti davlat xizmatchilari hammaga o‘rnak bo‘lishi kerakligini aytib, deputatlar uchun odob-axloq kurslarini tashkil qildi

    25.07.2021, 15:30

    Fransiyada 160 ming kishi majburiy vaksinatsiyaga qarshi namoyishga chiqdi, Senat ularga yon bosdi

    25.07.2021, 14:29

    Afrika janubida rekord darajada sovuq havo qayd etilib, qor yog‘di (video)

    25.07.2021, 14:08

    Tojikiston 100 ming nafar afg‘onistonlik qochqinni qabul qilishga tayyor

    25.07.2021, 13:38

    Pokiston harbiylari Afg‘onistonning “Tolibon” egallab olgan chegara hududiga kirdi

    25.07.2021, 10:25

    Afg‘oniston Ichki ishlar vazirligi mamlakatdagi 31 ta viloyatda komendantlik soati e’lon qildi

    25.07.2021, 07:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.