Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent shahrining Yangihayot tumanida fuqaroning xorijdagi o‘qishini O‘zbekistondagi oliygohga ko‘chirtirib berishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Ma’lum qilinishicha, departamentning Yangihayot tuman bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda Sh.T. ismli shaxs fuqaro Sh.ning ishonchiga kirib, unga Qozog‘istonning Chimkent shahrida joylashgan tibbiyot institutining 1-bosqichini tamomlagani to‘g‘risida hujjatlarni rasmiylashtirib berishni va’da qilgani aniqlangan. Shuningdek, u keyinchalik fuqaroning o‘qishini tanishlari orqali Samarqand davlat tibbiyot institutiga ko‘chirtirib berishini aytgan va buning evaziga 5 ming dollarni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Buxoroda fuqaroni o‘qishga kiritishni va’da qilib, 60 mln so‘m so‘ragan ikki talaba ushlangani, Surxondaryoda talabalarni 5,4 million so‘mga chuv tushirib ketgan shaxsga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgani, Toshkentda fuqaroni jismoniy tarbiya universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 7 ming dollar so‘ragan o‘qituvchi qo‘lga olingani hamda Surxondaryoda talabaning o‘qishini Qozog‘istondan O‘zbekistonga ko‘chirib berish uchun 15,6 million so‘m va 300 dollar so‘ragan shaxs ushlangani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda ko‘chmas mulk, avtomototransportni boshqa shaxsga o‘tkazishda davlat boji miqdorlari kamaytirildi
Mahalliy
Elektr va gazdan shikoyat qilgan fuqarolarni qamoq bilan “ogohlantirgan” deputat o‘z xohishiga ko‘ra ariza yozdi
Mahalliy
O‘zbekistonning katta qismida hafta oxiriga borib anomal sovuq bo‘lishi kutilmoqda