Taniqli aktrisa Ra’no Shodiyeva o‘g‘li Diyorni Anastasiya ismli qizga uylantirdi. To‘y 23-iyul kuni poytaxtdagi “Ezidiyor” restoranida bo‘lib o‘tdi. Diyor va Anastasiyaning nikoh oqshomida o‘zbek shou-biznesining ko‘plab vakillari ishtirok etdi.
To‘yga tashrif buyurgan mehmonlar qiziq voqeaning guvohi bo‘ldi. To‘yxonaga yuziga niqob taqqan, qo‘lida katta guldasta ko‘targan erkak kirib keldi. Ma’lum bo‘lishicha, bu kelin Anastasiyaning Rossiyadan uchib kelgan otasi ekan.
Avvalroq Ra’no Shodiyeva qizi Rahshonani uzatayotgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)