• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Shon-shuhrat qiymati: “Zorro” yulduzi Ketrin Zeta-Jons mashhurlik uchun qanday tovon to‘lagan?

    Ekranlarda ko‘rinishi bilanoq “ingliz atirguli” deb atala boshlagan Ketrin Zeta-Jons nafaqat sohibjamolligi, ishga bo‘lgan layoqati va o‘zini tutishi sabab atrofdagilarning e’tiboriga sazovor bo‘la boshlagan. Harakatdan to‘xtamagan va shunga yarasha muvaffaqiyat cho‘qqisini zabt etishga erishgan aktrisaning hayoti bilan bog‘liq ma’lumotlarni e’tiboringizga havola qilamiz.

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Aktrisalik qobiliyati to‘rt yoshidayoq namoyon bo‘la boshlagan qizaloq

    Bolaligi, to‘g‘rirog‘i, to‘rt yoshidanoq Suoni shahridagi cherkovga kiraverishda qo‘shiq kuylagan Ketrin keyinroq mahalliy teatrdagi postanovkada rol ijro qilgan. Shuningdek, raqs bilan shug‘ullanishni kanda qilmagan. U aktrisa bo‘lishni shunchaki istab qo‘l qovushtirib o‘tirmagan, maqsadi sari shaxdam qadam tashlashdan to‘xtamagan. Maktab ma’muriyatidan 15 yoshda bitiruv imtihonlarini topshirishga ruxsat olganidan keyin Londonga jo‘nab ketgan. Poytaxtga borganidan keyin teleshouda ishtirok eta boshlagan va u yerdagi faoliyati davomida Ketringa “42-ko‘cha” myuziklida ishtirok etish taklif qilingan. Debyuti omadli chiqqanidan keyin bir necha loyihalarda suratga tushgan.

    Tartib-intizom

    Aktrisa erishgan muvaffaqiyatlari sirini qat’iy tartib-intizom bilan bog‘laydi. U 11 yoshidan boshlab har kuni kechasi kundaligiga ertangi kun bilan bog‘liq rejalarini yozib chiqqan. 24 soat davomida qilinishi kerak bo‘lgan ishlarni avvaldan rejalashtirgan. 24 yoshida “Mayning dilrabo g‘unchalari” filmidagi roli uchun Gollivudda e’tirof etilgan. Butun dunyoda mashhurlikka erishgan aktrisa o‘z orzusiga erishgan.

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Mashhur juftlik

    “Titanik”ning 1996-yilda suratga olingan versiyasi va “Zorro niqobi” filmlaridagi ijrosidan keyin esa mashhurligi tobora ortib borgan. Shundan keyin uning aktyor va prodyuser Maykl Duglas bilan ishqiy munosabatlari haqida mish-mish tarqalgan. Yetarlicha tanilib ulgurgan, maftunkor aktrisaning yoshi katta odamga ko‘ngil qo‘ygani ko‘pchilikni hayron qoldirgan. Turli gap so‘zlarga qaramasdan juftlik turmush qurgan va bir-biri bilan baxtli ekanini ommadan yashirmagan. Yulduzga aylanib ulgurgan aktrisaga rollari uchun millionlab gonorar to‘langan, o‘zi ishlashni istagan loyihalarni xohishiga qarab tanlaydigan darajaga yetgan. 2002-yilda “Chikago” myuziklidagi ijrosi tufayli “Oskar” mukofotiga loyiq deb topilganida ikkinchi farzandiga homilador bo‘lgan.

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Qamoq, saraton va depressiya

    Juftlikning baxt va quvonchlarga to‘la hayoti 10 yilgina davom etgan xolos. Shundan keyin qora kunlar boshlangan. Dastlab Duglasning birinchi turmushidan bo‘lgan farzandi — Kemeron narkotik moddalar savdosida ayblanib qamoqqa olingan. Shu 2010-yilning o‘zida Mayklga hiqildoq saratoni tashxisi qo‘yilgan. Bu vaqtda Ketrin turmush o‘rog‘ini bir daqiqa ham yolg‘iz qoldirmagan, kimyoterapiyadan keyin lohas bo‘lib qolgan Duglasni parvarish qilgan. Oradan bir yil o‘tib juftlik xushxabar: kasallik yengilgani, Maykl suratga tushishga hozir ekanini ma’lum qilgan. Hammasi iziga tushgandek tuyilgan bir vaqtda Ketrinning salomatligida muammo kuzatila boshlagan. So‘nggi yillardagi zo‘riqishlar jiddiy psixologik kasallik kelib chiqishiga sabab bo‘lgan. Depressiya xurujlari bezovta qilgan aktrisaning ahvoli shunchalik yomonlashganidan ruhiy klinikaga yotishiga to‘g‘ri kelgan. O‘ziga bo‘lgan ishonchi yo‘qolgan va o‘zini kuchsiz his qilgan Ketrin aktrisalik karyerasiga nuqta qo‘yish haqida ham o‘ylab ko‘rgan hatto. Avvaliga qo‘llab-quvvatlagan umr yo‘ldoshi 2013-yilda u bilan ajrashishga qaror qilgan. Duglas rafiqasining doimiy depressiyada ekanidan charchaganini aytgan.

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Ajrashish fikrining o‘zgarishi va hayotga qaytish

    Bir necha oydan keyin juftlikning ayrilmasdan hammasini boshidan boshlab ko‘rmoqchiligi haqidagi qarori muxlislarni hayratda qoldirgan. Tabiiyki, bu oson bo‘lmagan. Ketrinning o‘zini yaxshi his qila boshlashiga sevimli ishi sababchi bo‘lgan. “Kokainning cho‘qintirgan onasi” filmida mashhur narkobaron xonim Grizelda Blankoni gavdalantirganidan keyin aktrisa o‘zini yana kerakli his qilgan va hayotga bo‘lgan qiziqishi ortgan.

    “O‘zini o‘zi xo‘rlash kerakmasligi hayotning eng asosiy darsi. Men hamisha taqdir zarbalarini tavoze bilan qabul qilish va o‘z muvaffaqiyatlarimdan xijolat bo‘lishga uringanman. Ammo kamtar bo‘lish hamda boyligim, mashhurligim, go‘zalligim, yulduzning rafiqasi ekanim hamda turmush o‘rtog‘imning oilasi ancha vaqtdan buyon Gollivudda obro‘li ekani sabab o‘zimni oqlash jonimga tegdi. Men oilamni, erim, ajoyib farzandlarim va o‘z ishimni yaxshi ko‘raman. Quvonchli va baxtli lahzalar hali oldinda deb, umid qilaman. Turmush o‘rtog‘im u haqida cheksiz jirkanch g‘iybatlar tarqalganiga qaramay, baxtli va salomat. Men o‘zimdagi barcha farovonliklarga munosibman”, — degan u 2017-yilda jurnalistlarga bergan intervyusida.

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Ispaniyada quyosh botishi

    https://www.instagram.com/p/CP84NTIHA60/

    Hayot sinovlarini, yaxshi va yomon kunlarni boshdan kechirgan juftlik hali-hamon birga. Yillar o‘tgani sayin munosabatlari mustahkamlanib, bir-birini yanada yaxshi tushunishni o‘rgangan mashhurlarning ikki nafar farzandi allaqachon voyaga yetgan va karyerasini boshlab ulgurgan. Yoshi ellikdan oshgan aktrisa vaqtini oilasi bilan Ispaniyadagi uyida o‘tkazishga harakat qiladi. So‘nggi vaqtlarda kamdan kam hollarda suratga tushishi va intervyu berishni jini unchalik suymasligiga qaramay, u quyosh botishini suratga olishni kanda qilmaydi. Har bir yangi kun botishi va tong otishini takrorlanmas yangi imkon deb bilsa ne ajab.

    Mavzuga doir:

    • “Xotira kundaligi” filmi yulduzi Reychel Makadams nega ekranlarda ko‘rinmay qoldi? (foto)
    • “Jasur ingliz atirguli” nomini olgan Keyt Uinslet 45 yoshga to‘ldi. Aktrisa haqida ko‘pchilik bilmagan ma’lumotlar (foto)
    • Maykl Duglas qizining bitiruv kechasida uni ota emas, balki bobo sifatida qabul qilishganini so‘zlab berdi (video)
    • 50 yoshdan oshgan sohibjamol yulduzlarning go‘zallik sirlari

    23.07.2021, 17:57   Izoh (0)   28179
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Anjelina Jolining asrab olingan o‘g‘li Markaziy Osiyoda o‘g‘irlaganmi?

    23.07.2021, 14:21

    “Viloyatlik ekanimni yuzimga solishardi”. Mashhura Zulfiqorova ikki farzandi bilan turmushi buzilgani haqida gapirdi (video)

    23.07.2021, 12:59

    Filmlarda shahzoda rolini gavdalantirgan aktyorlarning taqdiri qanday kechdi?

    23.07.2021, 11:58

    Instagram: Turkiyaga qiz uzatgan Hosila Rahimova, noqulay vaziyatga tushgan Shahlo, Imrondan yangi qo‘shiq

    22.07.2021, 22:37

    Turk aktrisasi Vahide Perchin ekranlarga qaytmoqda

    22.07.2021, 21:57

    Britni Spirs boykot e’lon qildi: U toki otasi vasiylik qilar ekan sahnaga chiqmoqchi emas

    22.07.2021, 15:51
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40

    “Oyligimni yarmi jarimaga ketsa kerak”: mashinasiga sirena o‘rnatgan haydovchiga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 22:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.