Caviar zargarlik kompaniyasi asosiy o‘ziga xosligi maydalangan qahva, tabiiy vanil, atirgul barglari, Alp tog‘i moychechagi va bo‘tako‘zi bo‘lgan iPhone 13 Eco’ni namoyish etdi, deb xabar beradi “Afisha.uz”.

Foto: Caviar

Smartfon korpusi qizil yog‘ochdan ishlanadi, tabiiy materiallar esa tarkibida biotsid, plastikator va erituvchilar bo‘lmagan moddalar yordamida birlashtiriladi.

Yangi kolleksiyada jami to‘rtta model taqdim etilgan:

  • Vanilla Coffee — maydalangan qahva va vanil zarralari bilan;
  • Alpine Cornflower — Alp tog‘ida o‘sadigan bo‘tako‘z;
  • Spicy Rose — quritilgan atirgul barglari;
  • Alpine Chamomile — markazida moychechak joylashgan rangli kompozitsiya.

Foto: Caviar

Caviar mutaxassislarining ma’lum qilishicha, mahsulotlarda foydalanilgan tabiiy iforlar uch oygacha saqlanib turadi. Belgilangan muddat tugagach esa smartfon egasi ushbu hidni qayta tiklash bo‘yicha buyurtmani amalga oshirishi mumkin.

Foto: Caviar

Foto: Caviar

iPhone 13’ning to‘rtta modelining cheklangan seriyasi 99 nusxadan iborat. Rasmiy narxlari esa quyidagicha:

  • Alpine Cornflower — 5 520 dollardan;
  • Spicy Rose — 5 520 dollardan;
  • Vanilla Coffee — 5 680 dollardan;
  • Alpine Chamomile — 5 750 dollardan.

Foto: Caviar

Caviar kompaniyasi bunga qadar smartfon-tank — iPhone T-34’ni, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning portreti va imzosi aks ettirilgan iPhone 6s’ni, AQSh prezidenti Donald Tramp sharafiga tilla iPhone 7 kabi noyob modellarni taqdim etgan.