Italiyaning eksklyuziv smartfonlar ishlab chiqaruvchi Caviar kompaniyasi korpusiga Donald Trampning portreti tushirilgan iPhone 7’ni chiqardi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”. Brend, shuningdek, bitta qutida “yuzma-yuz” turgan AQSh va Rossiya prezidentlari tasvirlari tushirilgan smartfonlarni “Bir dunyo” deb nomlangan sovg‘a komplekti sifatida taqdim etdi.

Foto: “Hi-tech.mail.ru”

Foto: “Hi-tech.mail.ru”

Tramp sharafiga atalgan smartfon 2016-yil oxirida, AQSh prezidenti lavozimiga ovoz berish yakunlangach, chiqarilgan edi. Caviar Supremo Trump’ning orqa korpusiga siyosatchining portreti bilan birgalikda, AQShning gerbi va mamlakat davlat madhiyasidan iqtibos joylandi.

Sovg‘a to‘plamida esa Caviar Supremo Trump’ni Caviar Supremo Putin Gold bilan birlashtirishdi. Qurilmalar dizayni shunday o‘zgartirildiki, qutida mamlakatlar yetakchilari go‘yoki bir-biriga qarab turibdi.