20-iyul kuni O‘zbekistonga Xitoydan yana 1 million doza xitoy-o‘zbek hammuallifligida yaratilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining navbatdagi partiyasi keltirildi. Bu haqda Telegram’dagi “Vaksina.uz” kanali xabar berdi.
Bu ushbu vaksinaning O‘zbekistonga keltirilgan 8-partiyasi bo‘lib, xuddi shuncha miqdorda 30-iyun kuni ham keltirilgan edi. Bundan avval ZF-UZ-VAC2001 ning:
- 27-martda — 1 million doza,
- 27-aprelda — 1 million doza,
- 18-mayda — 1 million doza,
- 19-mayda — 500 ming doza,
- 10-iyunda — 1 million doza,
- 29-iyunda — 1 million doza partiyalari keltirilgan.
Eslatib o‘tamiz, 16-iyul kuni AstraZeneca vaksinasining 50 ming dozasi O‘zbekistonga olib kelingan edi. Shunday qilib, O‘zbekistonda jami vaksina zaxirasi 8 million 580 ming dozaga yetdi. Hozirgacha qo‘llanilgan vaksinalar soni 5,8 million dozadan oshgan.
Izoh (0)