O‘zbekistonda 19-iyul kuni 158 102 doza COVID-19’ga qarshi vaksina qo‘llanildi, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati. Ulardan 123 947 dozasi birinchi bosqichda, 18 723 dozasi ikkinchi bosqichda hamda 15 432 dozasi uchinchi bosqichda qo‘llanilgan.
Hozirgi kungacha O‘zbekistonda koronavirusga qarshi jami 5 803 255 doza vaksinadan foydalanilgan, ularning 1 553 512 dozasi ikkinchi va 581 764 dozasi uchinchi bosqichda qo‘llanilgan. Shunga ko‘ra, mamlakatda jami emlanganlar soni 3 667 979 kishini tashkil etmoqda.
Shu kungacha to‘liq emlangan fuqarolar 1 023 425 nafarni tashkil qilmoqda.
19-iyul kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:
- Namangan viloyati (24 953 doza),
- Farg‘ona viloyati (24 669 doza),
- Navoiy viloyati (16 255 doza) band qildi.
- Farg‘ona viloyatida 755 389 doza,
- Namangan viloyatida 752 077 doza,
- Andijon viloyatida 642 815 dozani tashkil qilmoqda.
Izoh (0)