Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Navoiy viloyatida bojxona xodimlari 1,5 asr avval chop etilgan pullarni olib chiqib ketayotgan shaxslarni aniqladi, deya xabar bermoqda Davlat bojxona qo‘mitasi.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi

Ma’lum qilinishicha, Navoiy aeroporti chegara bojxona posti orqali xorijga uchib ketayotgan fuqaro P.S. hamda D.T.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e’tiborini tortgan va ushbu shaxslar belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan.

Natijada ushbu fuqarolarga tegishli bo‘lgan sumka ichida deklaratsiyada ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan 14 dona tanga va 8 dona qog‘oz kupyuralar borligi aniqlandi.

Mazkur holatda fuqarolar O‘zbekistonning 1998-yil 29-avgustdagi “Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risida”gi 678-I-sonli qonunning 8-moddasi hamda Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 23-martdagi “Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risida”gi nizom talablarini buzishga uringan va ular kupyuralarni noqonuniy tarzda olib chiqishga uringan.

Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Bundan avval Toshkent xalqaro aeroportida noyob sudralib yuruvchi jonzotlarni olib chiqishga uringan shaxs to‘xtatib qolingani, Rossiya O‘rta asrga oid madaniy boyliklarni O‘zbekistonga qaytargani hamda O‘zbekistonda madaniy meros muhofazasi kuchaytirilishi haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Bosh vazir va Toshkent shahar hokimi binolarning 1-qavatidagi kafe va do‘konlarni buzish bo‘yicha ko‘rsatma bergani rad etildi
Dunyo
Xalqaro bedarak yo‘qolganlar haftaligi, 20 ming dollarlik echki, qayta avj olayotgan denge epidemiyasi — 31-may suratlari
Mahalliy
Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynog‘idagi “Kemalar qabristoni” — suratlarda