• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda madaniy meros muhofazasi kuchaytiriladi

    O‘zbekistonda barcha moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari qayta tarixiy-madaniy ekspertizadan o‘tkaziladi. Uning natijasiga ko‘ra, Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari davlat reyestri, elektron katalogi, pasporti va davlat kadastri shakllantiriladi, deb yozmoqda “Gazeta.uz”.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Bu haqda Prezidentning “Turizm, sport va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan.

    2021-yil oxiriga qadar barcha sport va madaniy meros obyektlari haqidagi ma’lumotlar (shu jumladan, pasporti, davlat kadastri) joylashtiriladigan elektron portal yaratiladi.

    Farmon bilan moddiy madaniy meros obyektiga tutash hududdagi muhofaza tegralarida kapital qurilish ishlarini hamda ularga zarar yetkazish bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirish taqiqlanadi. Ushbu taqiq madaniy meros obyektining o‘zgartirilishi mumkin bo‘lmagan o‘ziga xos xususiyatlarini va uning tarixiy muhitini saqlab qolish maqsadida joriy etiladi.

    Bundan tashqari, ruxsatnoma olmasdan turib, moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini konservatsiyalash, restavratsiya qilish, tuzatish, ta’mirlash, hozirgi zamonda foydalanishga moslashtirish, shuningdek, ular bilan bog‘liq ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar, loyihalash hamda ishlab chiqarish ishlarini amalga oshirish taqiqlanadi.

    Turizm va sport vazirligi, Fanlar akademiyasi, Qurilish vazirligi, Kadastr agentligi, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Bosh prokuratura bilan birgalikda uch oy muddatda madaniy meros obyektlarining qo‘riqlanadigan tegralarida noqonuniy qurilgan qurilmalar va bino-inshootlarni bartaraf etish hamda ularning yer maydonlaridan noqonuniy foydalanishning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilashi lozim.

    2020-yilning 1-yanvariga qadar tarixiy, ilmiy, badiiy yoki o‘zgacha madaniy qimmatga ega bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarini har birining joyiga borgan holda aniqlash, yangi obyekt bo‘yicha tarixiy-madaniy ekspertiza o‘tkazish va ularni davlat muhofazasiga olish ta’minlanishi, moddiy madaniy meros obyektlarining qo‘riqlanadigan tegralari, shu jumladan, muhofaza tegralari, imoratlar qurish va xo‘jalik faoliyatini tartibga solish tegralari, qo‘riqlanadigan tabiiy landshaft tegralari belgilanishi lozim.

    Shuningdek, ushbu muddatga qadar xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda madaniy meros, shu jumladan, arxeologiya merosi obyektlari, madaniy boyliklarni olib kirish va olib chiqish, nomoddiy meros sohasiga oid qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalar normalarini umumlashtirib, to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qiluvchi yagona qonun loyihasini ishlab chiqish topshirilgan.

    Bosh prokuratura tashkiliy-shtat tuzilmasida 3 ta shtat birligidan iborat bo‘lgan madaniy meros sohasidagi qonunchilik ijrosi ustidan, shu jumladan, madaniy merosni muhofaza qilish, asrashga doir ishlar va ulardan foydalanishning oqilona tashkil etilishini nazorat qilish bo‘yicha tegishli bo‘lim tashkil etiladi.

    2021-yil davomida moddiy madaniy meros obyektlari, muzey, sport majmualari va boshqa namoyish obyektlarida elektron to‘lov, turniket (lazer-datchikli) va video qayd qilish moslamalarini o‘rnatishni, kirish biletlarini oldindan sotib olishni nazarda tutuvchi yagona markazlashgan elektron tizim joriy etiladi. Ushbu tizim namuna sifatida 2021-yil 1-sentabrga qadar Samarqand shahrida joriy etiladi.

    Bu haqda Prezidentning “Turizm va sport vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmonida qayd etilgan.

    Moddiy madaniy meros obyektlarini konservatsiyalash, restavratsiya qilish, tuzatish, ta’mirlash, ilmiy va ilmiy-texnik tadqiq etish, loyihalash bo‘yicha yuqori malakali kadrlarni tayyorlash va ushbu sohaga yetakchi mutaxassislarni jalb qilish maqsadida 2021/2022-o‘quv yilidan boshlab Toshkent arxitektura-qurilish instituti va Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida madaniy meros obyektlarini asrash fakultetlari ochiladi, Buxoro arxitektura va qurilish kollejida Madaniy meros obyektlarini asrash yo‘nalishi tashkil qilinadi.

    Hujjat bilan, shuningdek, davlat muassasasi shaklida “Madaniy meros obyektlari restavratsiyasi direksiyasi” va bosqichma-bosqich ravishda uning mintaqaviy restavratsiya markazlari tashkil etiladi. Davlat budjetidan madaniy meros obyektlarini asrashga doir ishlar uchun ajratiladigan mablag‘lar ustuvor ravishda to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma asosida “Madaniy meros obyektlari restavratsiyasi direksiyasi”ga yo‘naltiriladi.

    Mavzuga doir: O‘zbekistonda Turizm va sport vazirligi huzurida Madaniy meros agentligi tashkil etildi

    08.04.2021, 08:08   Izoh (0)   9574
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qashqadaryoda fuqarolarni shifoxona va poliklinikalarga ishga joylashtirib qo‘yishni va’da qilib, ulardan jami 4300 dollar olgan ona-bola ushlandi

    08.04.2021, 07:43

    “Tuproq qazib, tuproqlar ostida qolgan bolam”. Yunusobod metrosidagi fojia qurbonlari yaqinlarining o‘tgan bir yildagi hayoti va kompensatsiya muammolari haqida

    08.04.2021, 07:24

    Xatirchida aholi ehtiyoji uchun ajratilgan suyultirilgan gaz mansabdorlar tomonidan talon-toroj qilingani aniqlandi

    08.04.2021, 07:19

    O‘zbekiston MDHda birinchi bo‘lib pivoning majburiy markirovkasini joriy etdi

    08.04.2021, 06:54

    “O‘zbekistonda 2020-yilda 671 mlrd so‘mlik talon-torojlik holatlari aniqlangan” — Hisob palatasi

    08.04.2021, 06:21

    Namoyishga chiqqan qo‘ylar podasi, o‘gay qizning brilliant toji, uy qurilishida qatnashayotgan shahar hokimi. 7-aprel suratlari

    07.04.2021, 23:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Madagaskar yaqinida 300 yil oldin cho‘kib ketgan va dengiz qaroqchilari o‘ljasiga aylangan kema topildi

    Dunyo | 5 iyul, 23:55

    Buxoro va Qoraqalpog‘istonda “valyutchik”lar ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 23:30

    “Yevropa o‘tmishda Afrikani talagan” — JAR prezidenti

    Dunyo | 5 iyul, 23:15

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “PSJ” 9 kishi bo‘lib “Bavariya”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 23:06

    USAID faoliyati to‘xtatilishi tufayli nigeriyaliklarga ochlik xavfi tahdid solmoqda — OAV

    Dunyo | 5 iyul, 22:47

    Sirdaryoda 892 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik savdosi fosh etildi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 22:22

    Superliga. “OKMK” Muborakda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 22:20

    Isroil Eronning beshta harbiy obyektga zarba berganini yashirgani aniqlandi

    Dunyo | 5 iyul, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.