15-iyul kuni Evos o‘zining 15 yilligini nishonlaydi! Odatda tug‘ilgan kun yaqinlar va qadrdon insonlar davrasida nishonlanadi. Shuning uchun biz sizni, ushbu bayramni birgalikda nishonlashga taklif qilamiz. Evos mehmonlari uchun tarmog‘imizdagi barcha restoranlarda yoqimli syurpriz va sovg‘alarni tayyorlab qo‘ydik.
Axir tug‘ilgan kun bu — sovg‘alar! Ammo bu safar biz barcha mehmonlarimiz bilan birga sovg‘a qilishni istagan holda, katta xayriya tadbirida qatnashishni taklif qilamiz. 15-iyul kuni klassik mol go‘shtli lavashlar sotuvidan tushadigan barcha mablag‘lar endokrin kasalliklariga chalingan bolalar va kattalar uchun zarur bo‘lgan tibbiy asbob-uskunalarni sotib olishga sarflanadi.
Ushbu aksiya zaldagi buyurtmalarga, buyurtmani o‘zi olib ketish va yetkazib berish xizmatiga tegishli bo‘ladi. Har birimiz ushbu muhim loyihada ishtirok etib, o‘z hissamizni qo‘shishimiz mumkin. Keling, birgalikda yaxshilik qilamiz!
So‘nggi 15 yil ichida Evos ko‘pchiligimiz uchun qadrli brendga aylandi. Barchamizda Evos bilan bog‘liq xotiralar va yoqimli hislar mavjud. Bu ba’zilar uchun shunchaki mazali taom, oilaviy dam olish kunlari, do‘stlar davrasidagi ko‘ngilochar lahzalar, kimdir uchun tezkor tamaddi qilish joyi, unutilmas voqealar sodir bo‘lgan makondir!
Evos — barchamiz uchun eng sevimli va qadrli brend.
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)