Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Tojikistonda sodir bo‘lgan zilzila oqibatida besh nafar odamning halok bo‘lgani xabar qilindi, deb yozmoqda “Asia-Plus”.

Foto: Sputnik

Foto: Sputnik

Tojikiston Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasining xabariga ko‘ra, Tojikobod tumanining “Langari Shoh” jamoatida zilzila oqibatida besh nafar odam halok bo‘lgan. Shuningdek, Rasht tumanining “Xijborak” jamoatida ikki nafar voyaga yetmagan bola jarohat olib, kasalxonaga yotqizilgan.

Idora bergan ma’lumotlar bo‘yicha zilzila episentri Dushanbedan 165 kilometr uzoqlikda shimoli-sharqda, Rasht tumanidan 21 kilometr uzoqlikda sharqda joylashgan.

Foto: “Tajikta.tj”

Foto: “Tajikta.tj”

Yer silkinishlarining kuchi 5-6 ballni tashkil qilgan, Dushanbeda 2-3 balli zilzila kuzatilgan. O‘zbekiston hududida ham 10-iyul kuni tongda 3-4 balli zilzila sezilgan. Bundan avval 30-iyun kuni Qarshi shahrida 3 ballik zilzila qayd etilgandi.

Dastlabki ma’lumotlarga asosan, yer silkinishlari oqibatida Xidjborak qishloq jamoatining Xazorchashma va Yarxab qishloqlarida 7 ta aholi turar joyi, Rasht tumani “Askalon” jamoatining Sharxo va Sari Shuxon qishloqlarida 12 ta uyga zarar yetgan.

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning topshirig‘i bo‘yicha mamlakat bosh vaziri rahbarligida maxsus komissiya tuzilgan. Vaziyatni o‘rganish, zarar ko‘lamini tahlil qilish uchun Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi, Davlat moddiy zaxirarlari bo‘yicha agentlik, Qurilish va arxitektura qo‘mitasi, Fanlar akademiyasining Geologiya, seysmomustahkam qurilish va seysmologiya instituti, Geologiya bosh boshqarmasining rahbarlari zilzila sodir bo‘lgan yerlarga borgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Oxirgi 100 yil ichida sodir bo‘lgan dunyodagi eng kuchli 10 ta zilzila (video+foto)
Dunyo
Polsha bosh vaziri Ukrainadagi urush uchinchi jahon urushiga aylanishini prognoz qildi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi