Hafta davomida O‘zbekiston va dunyo bo‘ylab olingan sara suratlarni namoyish qilamiz.

Qurbaqa Kermit ismli personaj Vashingtondagi Kapitoliy yaqinidagi konsertda qatnashmoqda.

Foto: Getty Images

Toshkentni vodiy bilan bog‘lovchi Qamchiq dovonining Pop tumanidan o‘tuvchi qismida “Qo‘qon patir” yopayotgan novvoy.

Foto: “Daryo” / Musulmonbek Ibrohimov

Xitoyning Shenjen shahri yaqinidagi ko‘rfazda ov qilayotgan kit.

Foto: Getty Images

Toshkent shahri, Yashnobod tumanidagi Islom ota masjidi hamda uning yonida qurilgan yangi turar joy majmualarining vertolyot darchasidan olingan surati.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Nyu-Yorkda AQSh mustaqilligi kuni sharafiga otilgan salyutni tomosha qilishga otasi bilan birga borgan qizaloq.

Foto: EPA

Toshkent shahridagi “Hamid Olimjon” metro bekati yaqinida jaziramada ko‘chada ketayotgan odamlar.

Foto: “Daryo” / Muqaddas Musayeva

Sayohatchilar Italiyaning shimolida joylashgan Val Gardena shahri yaqinidagi Secheda tog‘iga chiqmoqda.

Foto: AP Photo

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Hamid Olimjon” maydoni soat 22:00 dan oshganda ham odam bilan gavjum. Yaqin atrofdagi uylarning aholisi kechki salqinda ko‘chada stol tennisi o‘ynamoqda, favvora oldida sayr qilmoqda. Ta’kidlash kerakki, poytaxtda 5-, 7- va 8-iyul kunlaridagi issiq harorat 150 yillik rekordni yangiladi. Aholiga ushbu kunlar davomida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmaslik tavsiya etilgan SMS xabarnomalar keldi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Angliya terma jamoasi hujumchisi Garri Keyn (o‘ngda) Londonning “Uembli” stadionida bo‘lib o‘tgan Angliya va Daniya o‘rtasidagi Yevro-2020 yarimfinal o‘yini paytida raqib darvozasi tomon penalti tepmoqda. O‘yin 2:1 hisobida Angliyaning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Foto: AFP

Kaliforniyadagi o‘rmon yong‘inlarini o‘chirish uchun jalb qilingan samolyot.

Foto: AFP

Aydaho shtatining Driggs shahrida chorva mollari o‘tlab yurgan yaylovga qo‘nayotgan havo shari.

Foto: Getty Images

Floridada qulab tushgan 12 qavatli binoning omon qolgan qismi portlatib buzib tashlanmoqda. Bino qulashi oqibatida 54 kishi halok bo‘lgan, 86 kishi bedarak yo‘qolgan.

Foto: AP Photo

“Tolibon” va Afg‘oniston harbiylari o‘rtasida davom etayotgan mojaro paytida o‘z uyini tashlab ketishga majbur bo‘lgan afg‘onistonlik oila a’zolari Hirotning Emil tumaniga yetib keldi.

Foto: AFP

Bangladeshning Charigram shahridagi chorvachilik fermasidagi Rani ismli mitti butan buqasi. Ranining bo‘yi atigi 0,5 metr va vazni 28 kilogrammga teng. Uning egalari Ginnesning rekordlar kitobiga murojaat qilib, uni dunyodagi eng kichik buqa deb tan olishni so‘ragan.

Foto: AFP

O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan futbol bo‘yicha OChL guruh bosqichida mag‘lubiyatga uchragan Gamba Osaka Toshkentni optimistik ruhda tark etdi. Ular stadionning kiyinish xonasida “Rafmat (Rahmat) O‘zbekiston. Biz yana qaytib kelamiz” deya yozuv qoldirgan.

Foto: Telegram / “Futbolium”

Sorg va Malauzen shaharlari o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan Tour de France musobaqasining 11-bosqichida qatnashayotgan guruh Mon-Vantu tog‘idan tushib kelmoqda.

Foto: AFP

Kashmirning Hindiston nazorati ostidagi Tosa Maydandagi kulbasi oldida turib hamqishlog‘ining koronavirusga qarshi emlanayotganini kuzatayotgan cho‘pon ayol. Hindiston shifokorlari cho‘ponlarni va ko‘chmanchi chorvadorlarni emlash uchun uzoq hududlarga borishiga to‘g‘ri kelmoqda. Shifokorlarning emlashdan tashqari vazifasi aholiga vaksina haqida to‘liq ma’lumot berib, ushbu hududlarda tarqalgan vaksina haqidagi turli mish-mishlarning noto‘g‘riligiga odamlarni ishontirish hisoblanadi.

Foto: AP Photo

Venesuela poytaxti Karakasdagi Teresa Carrenyo teatrida namoyish etilayotgan spektakl.

Foto: “TASS”

Hindistonning Shrinagar shahri yaqinidagi Dal ko‘lining qirg‘og‘ida turgan pufak sotuvchisi.

Foto: EPA

Global isish tufayli qurib qolish xavfi ostida bo‘lgan dunyodagi eng katta sho‘r ko‘llardan biri bo‘lgan Erondagi Urmiya ko‘lida o‘tirgan erkak.

Foto: Getty Images

Tashrif buyuruvchilar Angliyaning hozirda eng ko‘p koronavirusga chalinish holati qayd etilgan shimoliy-sharqiy qismida qurilgan “Shimol farishtasi” haykalini tomosha qilmoqda.

Foto: The Guardian

Shanxay astronomik muzeyida quyosh modelini ko‘zdan kechirayotgan bolakay.

Foto: Getty Images

Gibraltar qo‘riqxonasiga ekskursiya paytida avtoulov oynasidan ichkaridagi odamlarga qarab turgan maymun.

Foto: Getty Images

Eron–Turkiya chegarasini kesib o‘tgach, Van viloyatidagi temiryo‘l yonida betondan qilingan kanalizatsiya quvuri ichida yashiringan afg‘onistonlik bola.

Foto: EPA

Niderlandiya qirolichasi Maksima bezakli shapka kiyib, Germaniya kansleri Angela Merkel bilan uchrashishga ketmoqda.

Foto: AFP

Yamanlik jangchi Xasan Solih Kassara front chegarasida husiy isyonchilar bilan to‘qnashuvdan so‘ng suratga tushmoqda. Solih va uning ukasi Said (ikkalasi ham 20 yoshdan oshgan) neftga boy bo‘lgan Marib shahri tashqarisida hukumatning boshqa jangchilari bilan bir qatorda Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan isyonchilarning bir necha oylik hujumiga qarshi kurashmoqda.

Foto: AP Photo

Ulkan Alisa qo‘g‘irchog‘i Angliyaning Oksford shahrida Lyuis Kerolning “Ajoyib ko‘zoynaklar orqali” asarining 150 yilligiga bag‘ishlangan tantanalarda qatnashmoqda.

Foto: Reuters

Iroqdagi Sadr shahrida elektr energiyasi yetkazib beruvchi korxonada ishlovchi montyor yigit.

Foto: AFP

Avstraliyaning Birdsvill shahri yaqinidagi Simpson cho‘lida qum barxanlaridan tushayotgan Big Red Bash musiqiy festivali ishtirokchisi.

Foto: Getty Images