Daryo

O‘zbekistonda issiq ob-havo qachon pasayishi ma’lum qilindi

Juma kunidan boshlab respublika hududiga Volga bo‘yi hududlaridan deyarli salqin havo massalari kirib kelishi boshlanadi va issiq asta-sekin pasayishni boshlaydi

1 daqiqa o‘qish392 809 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

O‘zbekistonga haftaning katta qismi davomida Eron hududlaridan quruq va issiq havo kirib kelishi davom etadi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, havo harorati kechalari 25-27 daraja, kunduz kunlari 41-43 daraja, shimolda, janubda va cho‘l hududlarida 44-46 darajagacha issiq bo‘lib, bu o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 5-8 darajaga yuqoridir.

9-iyul, juma kunidan boshlab respublika hududiga Volga bo‘yi hududlaridan deyarli salqin havo massalari kirib kelishi boshlanadi va issiq asta-sekin pasayishni boshlaydi. Juma kuni kunduzgi harorat 37-40 darajagacha pasayadi va faqat janubiy hududlar bo‘yicha 42-44 darajani tashkil etadi.

Qoraqalpog‘iston hududi bo‘yicha harorat payshanba kunidan pasayishni boshlaydi va juma kuni havo harorati 32-37 darajani tashkil etadi.

Dam olish kunlari O‘zbekistonning barcha hududlarida haroratning pasayishi davom etadi.

Haftaning boshida va oxirida O‘zbekistonning ayrim tog‘ oldi va tog‘li hududlarida momaqaldiroq bilan mahalliy yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Seshanba kuni kechga tomon esa Toshkent viloyatining tekislik hududlari bo‘yicha biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Hafta davomida respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda.

Avvalroq O‘zbekistonda 6—8-iyul kunlari Eron hududlaridan issiq havo massalarining kirib kelishi tufayli jazirama issiq kuchayishi kutilayotgani, ushbu kunlarda havo harorati iqlimiy me’yorlardan 5—8 darajaga yuqori bo‘lishi ma’lum qilingandi.

Prezident Administratsiyasi hukumat va viloyat hokimliklari, vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari rahbarlariga havo harorati keskin ko‘tarilishi oqibatida yuzaga keladigan noxush holatlarning oldini olish maqsadida shoshilinch tarzda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlarni yubordi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar