So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12175.07
    • RUB 125.42
    • EUR 12831.31
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Sport

    Messi yana Neymarga qarshi: Kopa Amerika finalida “titanlar jangi” bo‘ladi. Yevro finaliga chiqqan Italiya va “PSJ”ning navbatdagi xaridi. Eng so‘nggi sport yangiliklari

    07.07.2021, 11:39 32345

    Dunyo va o‘zbek sportiga oid 7-iyul kunining muhim xabarlari dayjesti bilan tanishing.

    Yevropa chempionatining dastlabki finalchisi nomi ma’lum bo‘ldi. Italiya terma jamoasi penaltilar seriyasida Ispaniyani mag‘lub etib, dastlabki finalchiga aylandi. Roberto Manchini shogirdlari finalda Angliya — Daniya uchrashuvi g‘olibi bilan o‘ynaydi.

    Italiya yirik musobaqalar finaliga 10-marta yo‘l oldi. Faqat Germaniya (14) ulardan ko‘proq finalga chiqqan. Yevropa chempionati finalida esa jamoa 4 marta o‘ynagan va bir bor g‘alaba qozongan. Bu Manchini uchun ilk final bo‘ladi. U o‘yinchi sifatida ikki bor (Yevro—1988, Yevro—1990) yarim finalga qadar yetib borgan.

    Foto: AFP

    Foto: AFP

    “Skuadra Adzurra” mag‘lubiyatsiz seriyasini 33 ta o‘yinga yetkazdi. Ispaniya terma jamoasi tomonidan 2007—2009-yillar o‘rnatilgan jahon rekordiga qadar 2 ta o‘yin qoldi. Shuningdek, Braziliya ham 1993—1996-yillarda ketma-ket 35 o‘yinda mag‘lub bo‘lmagan.

    Bu Yevro—2020 Italiya uchun ikkinchi, Ispaniya uchun esa uchinchi qo‘shimcha bo‘limlarga qadar cho‘zilgan o‘yin bo‘ldi. Faqat Portugaliya 2016-yilda ispanlar bilan bir xil natija qayd eta olgan.

    UEFA Daniya terma jamoasi yarim himoyachisi Kristian Eriksen va unga yordam ko‘rsatgan shifokorlarni Yevro—2020 finaliga taklif qildi. 1-tur o‘yinida Eriksenning yuragi to‘xtab qolgan va shifokorlar maydonning o‘zida uning hayotini saqlab qolgandi.

    Kopa Amerika—2021 da finalchilar ma’lum. Yevro—2020 sabab soyada qolib ketayotgan Amerika Kubogining ikkinchi finalchisi ham aniqlandi. Argentina terma jamoasi penaltilar seriyasida Kolumbiyadan ustun kelib, hal qiluvchi bosqichga chiqdi. Finalda Argentina va Braziliya terma jamoalari o‘zaro to‘qnash keladi. O‘tgan galgi musobaqada ham ushbu terma jamoalar finalda o‘zaro to‘qnash kelgan va unda Braziliya g‘alaba qozongandi. Final Toshkent vaqti bilan 11-iyul tongi soat 05:00 da boshlanadi.

    Foto: Goal

    Foto: Goal

    Transfer yangiliklari

    “PSJ” Ashraf Hakimi transferini e’lon qildi. Tomonlar 2026-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Avvalroq parijliklar Hakimi uchun “Inter”ga 60 million yevro to‘lashi. Shuningdek, 11 million yevro bonus ham borligi xabar qilingandi. “PSJ” shuningdek, Janluiji Donnarumma va Serxio Ramos kabi yulduzlarni o‘z safiga qo‘shib olishi aniq bo‘lib ulgurgan.

    Foto: “PSJ” FK

    Foto: “PSJ” FK

    “Barselona” Leo Messi bilan yangi shartnoma imzolash uchun maoshlar vedomostini 174 million yevroga qisqartirishiga to‘g‘ri keladi, deya xabar qilmoqda AS jurnalisti Xavi Migel. Jamoa Xunior Firpo, Konrad de la Fuenteni sotib yubordi, Fransishku Trinkauni ijaraga berdi va Mateus Fernandes bilan shartnomani bekor qildi. Shuningdek, “Barsa” Filippe Koutinyo, Antuan Grizmann kabi o‘yinchilarini transferga qo‘ygan. Ayrimlar bilan esa shartnomani bekor qilmoqchi. Shunday bo‘lsa-da, Messi bilan qonundan tashqariga chiqmagan holda kelishuv imzolash juda qiyinga o‘xshab ko‘rinmoqda.

    “Barselona” Messining maoshiga ketadigan xarajatlarni bir necha yilga bo‘lib yuborishni istagan, biroq La Liga rahbari Xavyer Tebas bunga qarshi chiqqandi. Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida Messining katalonlar bilan tuzgan to‘rt yillik shartnomasi tafsilotlari OAVda tarqalib ketgandi. Unga ko‘ra, Messi 2017—2021-yillarga mo‘ljallangan shartnomadan 555 million yevro daromad qilgani ma’lum bo‘lgandi.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda sentyabr oyida eng qimmat va eng arzon palov qayerda tayyorlangani e’lon qilindi

    Bugun, 14:28

    Osiyo o‘yinlari. O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Saudiya Arabistoni ustidan g‘alaba qozondi va yarim finalga yo‘l oldi

    Bugun, 13:59

    O‘zbekistondagi arxeologiya merosi obyektlarining 150 dan ortig‘i qabristonlarga aylantirilgani aniqlandi

    Bugun, 12:20

    Food For Life ko‘ngillilar tashkiloti mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun kasb tanlash imkoniyatini yaratdi (foto)

    Bugun, 11:55

    O‘zbekistonda kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo bo‘ladi?

    Bugun, 11:00

    Alifbodagi o‘zgarishlar: qulaylik bor joyda noqulaylik tanlanmaydi

    Bugun, 10:45

    Saul Alvares to‘liq 12 raund davom etgan jangda Jermell Charlo ustidan g‘alaba qozondi

    Bugun, 10:43

    ANORBANK Kundalik bilan birgalikda maxsus loyihaga start bermoqda

    Bugun, 10:30
    Reklama

    Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Qatarga boradi

    Bugun, 10:00

    O‘zbekistonda sog‘lom shaxslarga dori vositalari klinik tadqiqotlarida ixtiyoriy ravishda ishtirok etishiga ruxsat berilishi mumkin

    Bugun, 09:45

    Tavsiya etamiz

    Alifbodagi o‘zgarishlar: qulaylik bor joyda noqulaylik tanlanmaydi

    10:00 / 01.10.2023

    Qadah tutgan prezident, bo‘ron vayron qilgan qishloq, tikanli simlardan o‘tayotgan migrantlar — 29-sentabr suratlari

    23:00 / 29.09.2023

    “Daryo” reportaji: Portlashdan so‘ng Sergeli aholisiga qanday yordam berilmoqda?

    21:00 / 29.09.2023

    “Mazlum har doim mazlum bo‘lib qolaveradi va bu mazlumlik avlodlar kayfiyatida qayta-qayta takrorlanaveradi...” — “Oresteya” tragediyasi haqida

    23:00 / 28.09.2023

    MOLIYA

    Biznes

    Markaziy Osiyoga sarmoya kiritish ijobiy natija beradimi? 

    23:00 / 29.09.2023

    O‘zbekistonda elektron tijorat qanday rivojlanmoqda?

    17:00 / 26.09.2023

    “Bugungi geosiyosiy vaziyatda bitta davlatga tayanib bo‘lmaydi” — bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev

    15:00 / 26.09.2023

    O‘zbekiston oktyabr oyidan Rossiyadan gaz import qilishga tayyor — Energetika vazirligi

    16:00 / 25.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    O‘zbekistonda o‘rtacha oylik maosh miqdori 4 ming dollar bo‘lgan soha haqida ma’lumot berildi

    19:00 / 30.09.2023

    Toshkentda 15 yoshli qiz vafot etdi. Bosh prokuratura o‘lim sababini ma’lum qildi

    15:00 / 30.09.2023

    Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari 43 yoshida vafot etdi

    15:00 / 30.09.2023

    Saudiya Professional Ligasi. Ronalduning so‘nggi daqiqalarda urgan goli evaziga “An-Nassr” g‘alaba qozondi (video)

    00:00 / 30.09.2023

    Sergelidagi favqulodda hodisadan foydalanib, aholidan pul undirmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 

    10:00 / 30.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.