Futbol bo‘yicha Yevro—2020 dastlabki yarim finalida Italiya va Ispaniya terma jamoalari 6-iyul kuni o‘zaro to‘qnash keldi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limi ispanlarning kichik ustunligi ostida o‘tdi. Ikkinchi bo‘limda Italiya ham raqib jarima maydoni atrofida bosimni kuchaytirdi. 60-daqiqada Federiko Kyeza italyanlarni oldinga olib chiqdi.
Bunga ispanlar o‘yin yakunlanishi arafasida Alvaro Morataning goli bilan javob qaytardi. Shu bilan uchrashuv yakuniga qadar va qo‘shimcha bo‘limlarda ham hisob o‘zgarmadi. Penaltilar seriyasida omad Italiyaga kulib boqdi.
Shu tariqa Roberto Manchini shogirdlari finalga yo‘l oldi va hal qiluvchi bahsda Angliya — Daniya uchrashuvi g‘olibi bilan o‘ynaydi.
Yevro—2020
1/2 final bahsi
6-iyul, seshanba
Italiya – Ispaniya 1:1
Penaltilar seriyasi — 4:2Gollar: 1:0 – 60 Kyeza, 1:1 – 80 Morata.
Italiya: Donnarumma, Kyellini, Di Lorenso, Emerson (Toloi, 74), Bonuchchi, Verratti (Pessina, 74), Barella (Lokatelli, 85), Kyeza (Bernardeski, 107), Jorjinyo, Insinye (Belotti, 85), Immobile (Berardi, 62).
Ispaniya: Unai Simon, Alba, Aspilikueta (Lyorente, 85), Lyaport, Erik Garsiya (Pau Torres, 109), Pedri, Buskets (Tiago Alkantara, 105), Ferran Torres (Morata, 62), Olmo, Oyarsabal (Xerar Moreno, 70), Koke (Rodri, 70).
Ogohlantirishlar: Buskets (51), Toloi (97), Bonuchchi (118).