Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Rossiyaning Volgograd viloyatida 14 nafar O‘zbekiston fuqarosi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz bergani haqida xabar berilgandi. “Dunyo” axborot agentligining Rostovdagi O‘zbekiston bosh konsulligiga tayanib xabar berishicha, “Gazel”da 13 nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan.

Foto: IIV Volgograd viloyati boshqarmasi

Foto: IIV Volgograd viloyati boshqarmasi

Gorodishenskiy tumani Moskva—Volgograd federal magistral yo‘lining 923-kilometrida 30-iyun kuni ertalab soat 07:00 da 1997-yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi K.K. boshqaruvidagi “Gazel” rusumli avtomashina ariqqa ag‘darilib ketgan.

Haydovchi Volgograd shifoxonasining reanimatsiyasiga joylashtirilgan. Qolgan yo‘lovchilar yengil jarohatlar olgan. Ular tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun shifoxonaga yuborilgan.

Qayd etilishicha, vaziyat bosh konsullik nazorati ostiga olingan. Ushbu va boshqa savollar bo‘yicha bosh konsullikka quyidagi telefonlar orqali murojaat qilish mumkin: +7 (918) 554-04-76, +7 (988) 586-70-35.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Ularni kim deb atash mumkin?” Sardor Umrzoqov maishatboz rahbarlarni tanqid qildi
Mahalliy
G‘aniyev va Voitov klasterlarga past narxda paxta sotishni xohlamagan fermerlarga bosim o‘tkazilayotganini o‘rganadi
Mahalliy
“Ba’zi hokimlar, vazirlik rahbarlari o‘zlarini go‘yo xonlardek tutib, to‘rachilik kayfiyatiga berilib ketgan” — Sardor Umrzoqov