Daryo

Volgogradda ichida 14 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan “Gazel” ag‘darilib ketdi

YTH oqibatida 13 kishi turli darajada tan jarohatlarini olgan

1 daqiqa o‘qish114 082 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: IIV Volgograd viloyati boshqarmasi

Volgograd viloyatida ichida O‘zbekison fuqarolari bo‘lgan avtobus ag‘darilib ketishi oqibatida 13 nafar yo‘lovchi jarohat oldi. Bu haqda Rossiya IIV viloyat boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: IIV Volgograd viloyati boshqarmasi

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, Moskva vaqti bilan soat 07:15 da Moksva—Volgograd avtomobil yo‘lining 923-kilometrida “Gazel” markali avtobus haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan va ariqqa ag‘darilib ketgan.

“Salonda 14 yo‘lovchi bo‘lgan — ularning barchasi O‘zbekiston fuqarolari”, — deyiladi xabarda. YTH oqibatida 13 kishi turli darajadagi tan jarohatini olgan.

Avvalroq Rossiyada qurilish maydonida yiqilib halok bo‘lgan 22 yoshli o‘zbekistonlikning jasadi mamlakatga olib kelingani, Sankt-Peterburgda O‘zbekiston fuqarosi tug‘ilgan kunini nishonlayotgan hamyurtini pichoqlab qo‘ygani, Leningraddagi qurilish maydonida 22 yoshli O‘zbekiston fuqarosi balandlikdan qulab, vafot etgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Olmaota—Toshkent trassasida yo‘lovchi avtobusi ag‘darildi. 11 kishi halok bo‘ldi

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar