Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Toshkent shahri Yashnobod tumanida fuqaro bilan ishqiy munosabatda bo‘lib, so‘ngra undan katta miqdorda pul talab qilgan ayol qo‘lga olindi, deya xabar qilmoqda Bosh prokuratura huzuridagi departament matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, departament hamda IIBBning Yashnobod tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro G. (ayol) fuqaro B. bilan birga ishqiy munosabatda bo‘lgan foto va video tasvirlarni internetda tarqatish bilan qo‘rqitib, evaziga talab qilgan 85 million so‘mdan 10 million so‘mni o‘ziga tegishli bo‘lgan plastik kartaga o‘tkazib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bundan tashqari, ayol 2021-yilning mart oyidan shu kunga qadar B.ni o‘zi tomonidan tasvirga olingan foto va video tasvirlarni tarqatish bilan qo‘rqitib, uning 200 mln so‘mdan ortiq pulini tovlamachilik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, prokuraturaga yuborilgan.

Bundan avval Toshkentda 22 yoshli fuqaroning behayo suratlarini tarqatmaslik uchun 60 ming dollar talab qilgan shaxslar qo‘lga olingani, Namanganda 61 yoshli erkakning behayo suratlarini internetda tarqatmaslik uchun 2 mln so‘m so‘ragan “ayol” ushlangani hamda Samarqandda 28 yoshli ayolning nojo‘ya suratlarini tarqatish bilan qo‘rqitib, undan 1,5 mln so‘m talab qilgan erkak ushlangani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Navoiydagi ko‘p qavatli uylarda lift muammosi: aholi lift ishlamayapti desa, mas’ullar uning to‘xtatilishiga lift ichidagi o‘g‘rilik, fohishabozlik sabab demoqda
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 26-sentabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Toshkent hokimligi barcha OAV vakillari bilan ishlashga tayyor va hozirjavob bo‘ladi”. Zoir Mirzayevning matbuot kotibi jurnalistlar bilan muloqot qildi