Toshkent shahar YHXBga ORA IQ rusumli elektromobillar foydalanishga topshirildi, deya xabar bermoqda boshqarma matbuot xizmatiga tayanib “Gazeta.uz”.
Hozirda tajriba jarayoni ketmoqda. Ma’lumotga ko‘ra, tajriba muddati boshqarma rahbariyatining maxsus ko‘rsatmalariga qadar davom etadi.
Tajribaning maqsadi ushbu transport vositasining ichki ishlar idoralarida ishlatiladigan avtoulovlarga nisbatan ustunligi yoki kamchiliklarni o‘rganishdan iborat.
To‘liq zaryaddagi quvvat zaxirasi o‘rtacha 320−350 kilometrni, zaryad muddati 6−7 soatni tashkil qiladi.
Bundan avval Toshkentda elektromobillar uchun quvvatlantirish stansiyalari tarmoqlari paydo bo‘layotgani, Qonunchilik palatasi deputatlari xorijdan olib kelinadigan elektromobillar uchun to‘lanadigan bojlarni bekor qilishni ma’qullagani hamda O‘zbekistonga may oyida 49 ta elektromobil import qilingani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)