• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Boks olamini ostin-ustun qilgan jang. Mayk Tayson va Evander Holifild o‘rtasidagi mojaroli jangga 24 yil to‘ldi

    Professional boks bo‘yicha og‘ir vazn toifasida Jahon chempioni Mayk Tayson 1997-yilning 28-iyunida boks tarixidagi eng katta mojaroga sabab bo‘lgandi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Bundan roppa-rosa 24 yil avval yuz bergan voqea boksni ungacha va undan keyingi davrga bo‘lib yuborgandi. Evander Holifildning qulog‘i bilan bog‘liq vaziyatdan keyin Tayson sport olamidagi eng yovuz qahramonga aylandi. Har bir yorqin voqeaga ikki xil nazar bilan qarash mumkin, boks ixlosmandlari hanuzgacha bu masalada turli qarashga ega.

    Mayk Tayson 1997-yilda 10-12 yil avvalgidek yorqin va qo‘rqinchli emas edi. O‘sha vaqtda u uch yillik qamoq jazosini o‘tagan va ko‘pchilik muxlislarning fikriga ko‘ra, tezligini hamda reaksiyalari yo‘qotgandi. Maykning uslubi ko‘p kuch talab qiladigan bo‘lib qolgan, jismoniy holati esa faoliyatining boshidagidan ancha yomon edi.

    Holifildga qarshi dastlabki to‘qnashuvga qadar u ketma-ket to‘rtta jangda muddatidan avval g‘alaba qozongan va Evander bilan bahsda yaqqol favorit edi. Shu qadar yaqqol ediki, uning raqibi ko‘p karra jahon chempioni va boksning tirik afsonasi emas, qandaydir o‘rtahol da’vogardek. Holifild garchi dastlabki beshta raundni boy bergan bo‘lsa-da, Taysonga qarshi jangga tayyor bo‘lib chiqdi. Beshinchi raunddan keyin Mayk faollikni tushirdi, Evander esa uni hujumlari bilan cho‘ktirdi. Shu bilan birga Holifild bu ishni qoidalarni ochiqchasiga buzgan holda bajarardi.

    Bosh zarbalari tufayli Taysonning ikki ko‘zi atrofida yorilish yuzaga keldi. Hakam Holifildning ochiq-oydin qo‘polliklariga ko‘z yumardi. 10-raundda Maykni bong qutqarib qoldi. 11-raundda esa hech narsa o‘zgarmadi, Holifild tik turgan Taysonni do‘pposladi va 1996-yil sensatsiyasini qayd etdi.

    Oradan yarim yil o‘tib, 1997-yilning iyunida jangchilar revanshda o‘zaro to‘qnash keldi. Tayson bu safar ham favorit edi, biroq birinchisidagi kabi yaqqol emas. Va dastlabki jangdan farqli o‘laroq, Mayk birinchi raundlardanoq yutqazishni boshladi. Dastlabki ikki raund Evanderning ustunligida o‘tdi. O‘z navbatida u o‘zining g‘irrom harakatlarini boshidan amalga oshirdi, bosh bilan oldinga o‘taverdi. Maykning chap ko‘zi tagida yana yorilish kuzatildi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Uchinchi raundga Tayson raqibini sindirish uchun tushadi. U butun raund davomida ustunlikka ega bo‘ladi, ko‘proq zarba beradi, ammo Evanderni muvozanatdan chiqara olmaydi. Raund so‘ngida bokschilar klinchga kiradi: Holifild yana boshini qoidaga zid ravishda raqibiga yo‘naltiradi, Mayk esa uning qulog‘ini tishlab oladi. Hech kim avvaliga nima bo‘lganini sezmaydi. Evander og‘riqdan sakrar, zal esa Holifild simulyatsiya ishlatyapti deb o‘ylab, shovqin solardi. Biroq u atayin qilmayotgandi, qulog‘i qonga botgandi.

    Esankirab qolgan hakam Nevada Atletika qo‘mitasi komissiyasi vakilini chaqiradi, vaziyat tushuntiriladi, biroq u jangni davom ettirishga ruxsat beradi. Referi Taysondan ikki ochko olib tashlaydi va uchinchi raundni davom ettiradi. Biroq Mayk qolgan vaqt davomida yana raqibining qulog‘ini tishlashga urinadi va shu yerda jangni to‘xtatish kerakligi ayon bo‘ladi. O‘sha oqshom Tayson aqlsiz ish qildi, biroq bo‘lib o‘tgan voqeada yagona aybdor u edimi?

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Taysonning muxlislari hanuzgacha bokschining yonini oladi. Ularning fikricha, Holifild Maykni provokatsiya qilgan va ular bunday fikrlashga to‘la haqli. Evander haqiqatda juda g‘irrom harakat qilgandi. Ayniqsa birinchi jangda, biroq ikkinchisida ham ilk daqiqalardanoq odatini davom ettirdi va jazosiz qolaverdi. Yana bosh bilan zarba, yana jarohat. Hakamlar Holifild tomonidan qoida buzishlarga ko‘z yumar, bu esa Tayson uchun tushunarsiz holat edi. U xunuk usullarga normal qaraydi, biroq adolatsizlikka hech qaysi sportchi dosh bera olmaydi. Ayniqsa Tayson kabi qiziqqonlar.

    Oxir-oqibat “Temir Mayk”ning asabi temirdan emasligi ma’lum bo‘ldi. U tarixdan joy olgan o‘sha mashhur ishni amalga oshirdi. Bu vaziyatda diskvalifikatsiya yagona to‘g‘ri qaror edi. Bunday ishni oqlab bo‘lmasdi, seni qanchalik provokatsiya qilishmasin, raqibning qulog‘ini tishlab olish — bu ortiqcha. Hodisadan keyin ringda tortishuv yana bir necha daqiqa davom etdi, ko‘zi qonga to‘lgan Taysonni qo‘riqchilar tinchlantirdi. Undan hatto politsiya ham qo‘rqadi, degan gaplar yurardi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Mayk 3 million dollar miqdorida jarimaga tortildi va bokschilik litsenziyasidan ayrildi. Bir yil o‘tar-o‘tmas litsenziya qaytarildi. 11 yil o‘tib esa Tayson Holifilddan uzr so‘radi. Evander uzrni qabul qildi. Bu ikki bokschi o‘rtasidagi jang tarixga kirdi, yuz bergan voqea sabab bu to‘qnashuv hali asrlar mobaynida tillarda bo‘ladi. U haqiqatda boksni o‘zgartirib yubordi. Bu haqda hamon eslanadi va gapiriladi.

    Aytgancha, 53 va 57 yoshni qarshilagan afsonalar o‘rtasidagi uchinchi jang tashkil etilishi mumkin. Biroq bu jang amalga oshsa ham ko‘rgazmali maqomda bo‘lib o‘tadi.

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    29.06.2021, 00:17   Izoh (0)   34127
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yevro—2020. Ispaniya 8 ta gol urilgan o‘yinda Xorvatiyani taslim etib, chorak finalga chiqdi

    28.06.2021, 23:46

    Superliga. “Nasaf” mehmonda “Qo‘qon-1912”dan ustun keldi va 4-o‘ringa ko‘tarildi

    28.06.2021, 22:15

    Saraton tufayli erta vafot etgan otasining sharafiga Yurari nomi ostida maydonga tushadigan Yussuf Poulsen haqida

    28.06.2021, 18:12

    “Futbolni mendan olib qo‘ymang”. Futbol, shaxsiy hayot, Mourinyo va Gvardiola haqida Kevin de Bryuyne hikoyasi

    28.06.2021, 17:12

    Amerika Kubogi—2021. Braziliya so‘nggi turda Ekvadorni mag‘lub etolmadi

    28.06.2021, 10:23

    Yevro—2020. Belgiya terma jamoasi Portugaliyani bazo‘r yengib, chorak finalga chiqdi

    28.06.2021, 02:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi

    Dunyo | 3 iyul, 23:51

    Bolalar bilan urush haqida qanday suhbatlashish lozim?

    Dunyo | 3 iyul, 23:35

    Qoraqalpog‘istonda fuqaroning yonidan 250 grammdan ortiq opiy topildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 3-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:05

    Samarqand no‘xat sho‘ragi patentlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 22:50

    Dermatologdan ogohlantirish: “Ushbu xato SPF kremning foydasini yo‘qqa chiqaradi”

    Go‘zallik | 3 iyul, 22:40

    AQSHda 6 mlrd dollarlik ta’lim dasturlarini moliyalashtirish to‘xtatib qo‘yildi

    Dunyo | 3 iyul, 22:30

    Superliga. “Sho‘rtan” o‘z maydonida “Qizilqum”ga mag‘lub bo‘ldi

    Sport | 3 iyul, 22:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.