• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12676.11
    • RUB161.56
    • EUR14975.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Italiyada niqobsiz yurish mumkin bo‘ldi, Lyuksemburg bosh vaziri koronavirusga chalindi, Saudiyada o‘smirlarni emlashga ruxsat berildi. Koronaxabarlar

    Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 181 131 203 kishiga yetdi, shularning 3 923 885 nafari vafot etgan. Kasallanish holatlarining ko‘pligi bo‘yicha AQSh (33,6 million kishi), Hindiston (30,2 million), Braziliya (18,4 million), Fransiya (5,8 million) va Turkiya (5,4 million) hamon yetakchilik qilmoqda.

    Foto: EPA

    Foto: EPA

    Italiyada niqob taqish majburiyati bekor qilindi

    Italiyada bugun, 28-iyundan ochiq havoda niqob taqish shart emas. 21-iyun kuni mamlakatda komendantlik soati bekor qilingan edi. O‘sha kuni Pandemiyaga qarshi kurashni nazorat qiluvchi ilmiy-texnik qo‘mita (CTS) qaroriga binoan, Italiya sog‘liqni saqlash vaziri Roberto Speranza 28-iyundan ochiq havoda niqob taqish majburiyati bekor qilinishini, ammo CTS’ning barcha ko‘rsatmalari saqlanib qolishini e’lon qildi.

    CTS vakillari aniqlik kiritishicha, 28-iyundan mamlakatning butun hududi “oq” zonaga o‘tib, barcha asosiy cheklovlar bekor qilindi, shu jumladan, ko‘chada niqob taqish ham. Agar epidemiologik vaziyat yomonlashsa, niqob rejimi yana majburiy bo‘ladi.

    May oyida Italiya hukumati epidemik vaziyat yaxshilangani sababli karantin choralarini bosqichma-bosqich bekor qilishni boshladi. 21-iyundan buyon italiyaliklarning 99 foizdan ko‘prog‘i “oq” zonada qolmoqda, ushbu zonada deyarli barcha cheklovlar bekor qilingan edi, niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash va olomon bo‘lib to‘planmaslik majburiyati bundan mustasno.

    Mavzuga doir: Italiya kasalxonasidagi shifokor koykalarni bo‘shatish uchun COVID-19 bemorlarini o‘ldirganlikda gumonlanmoqda

    Lyuksemburg bosh vazirida koronavirus aniqlandi

    Lyuksemburg bosh vaziri Ksavye Bettelning koronavirusga topshirgan testi ijobiy chiqdi. Vazir ikki marta testdan o‘tgan va ikkalasida ham infeksiya aniqlangan. Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining tavsiyalariga binoan, Bettel o‘zini yakkalash tartibiga o‘tdi.

    RTL Today xabariga ko‘ra, Lyuksemburg bosh vazirida koronavirusning ba’zi alomatlari, jumladan, isitma va bosh og‘rig‘i kuzatilgan. Shunga qaramay, siyosatchi uydan ishlashda davom etishini ma’lum qildi.

    Ksavye Bettel 6-may kuni koronavirusga qarshi AstraZeneca vaksinasining birinchi komponentini olgan. Ikkinchi komponent unga kelasi hafta yuborilishi kerak edi.

    Siyosatchi infeksiyaga chalingani haqida Yevropa Ittifoqi sammitidagi ishtirokidan ko‘p o‘tmay xabardor bo‘ldi. Biroq, Bettelning vakili ta’kidlashicha, vazir barcha ehtiyot choralarini ko‘rgan va yaqindan muloqot qilganlari ro‘yxatida uchrashuv ishtirokchilarining birortasi yo‘q.

    Mavzuga doir: Qirg‘iziston sog‘liqni saqlash vaziri Xitoy vaksinasi bilan emlanganidan keyin koronavirusga chalindi

    Saudiya Arabistonida o‘smirlarni koronavirusga qarshi emlashga ruxsat berildi

    Saudiya Arabistoni hukumati 12 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan guruhdagi aholining bir qismini emlashga qaror qildi. O‘smirlar Germaniyaning BioNTech biotexnologiya kompaniyasi va Amerikaning Pfizer kompaniyasi birgalikda ishlab chiqargan vaksina bilan emlanadi.

    Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu qaror mazkur yosh guruhi uchun tanlangan preparat oziq-ovqat va farmatsevtika idorasi tasdig‘idan o‘tganidan so‘ng qabul qilingan.

    Shu bilan birga, Ichki ishlar vazirligining rasmiy vakili podpolkovnik Talal ash-Shalxubning ta’kidlashicha, 1-avgustdan Saudiya Arabistoni hukumati emlanmaganlar uchun ishga kirish va turli tadbirlarni o‘tkazishni taqiqlaydi.

    “Tijoriy, madaniy, ko‘ngilochar, sport, iqtisodiy, ilmiy, ijtimoiy va boshqa tadbirlarda qatnashadiganlar COVID-19’ga qarshi emlanishi shart”, — dedi rasmiy. Uning ta’kidlashicha, qoidabuzarlarga 40 ming Saudiya riyoli (10 ming dollardan ortiq) miqdorida jarima solinadi.

    Mavzuga doir: Saudiya Arabistonida COVID-19 haqida yolg‘on ma’lumot tarqatganlar 266 ming dollar jarima to‘laydi

    Indoneziyada COVID-19’ga chalinish bo‘yicha kunlik rekord yangilandi

    Indoneziyada o‘tgan bir kecha-kunduzda 21 mingdan ortiq kishida COVID-19 qayd etildi, bu mamlakat uchun yangi antirekord. Mamlakatda pandemiya boshidan beri jami 2,1 milliondan ortiq kishida infeksiya aniqlangan, 57 138 bemor COVID-19 oqibatida vafot etgan. Shu bilan birga, haqiqiy raqamlar ancha yuqori deb hisoblanmoqda, chunki COVID-testlarning kichik ko‘lami tufayli Indoneziyada virus yuqtirish bo‘yicha ko‘plab holatlar rasmiy statistikaga kiritilmagan.

    Indoneziya hukumati kasallanish holatining ortishi fonida kasalxonalar bemorlar oqimiga ortiq dosh berolmasligidan xavotirda. Shu bilan birga, mahalliy mutaxassislar koronavirusning ushbu to‘lqini ikki-uch hafta ichida cho‘qqisiga chiqishi mumkinligini aytmoqda

    Mavzuga doir: Indoneziyada niqob taqmasdan yurgan erkaklar koronavirusdan vafot etganlar uchun qabr qazishga yuborilmoqda

    JARda delta shtamm tufayli karantin cheklovlari kuchaytirildi

    Janubiy Afrika Respublikasi(JAR)da koronavirusining yangi — delta turi tarqalishi sababli karantin choralari kuchaytirildi, mamlakat to‘rtinchi darajali xavf hududiga aylanmoqda.

    “Barcha yig‘inlar — xoh ochiq, xoh yopiq joyda bo‘lmasin, taqiqlanadi. Bu diniy, siyosiy, madaniy va ijtimoiy uchrashuvlarni ham o‘z ichiga oladi ”, — dedi mamlakat prezidenti Siril Ramafosa.

    Mamlakat bo‘ylab dafn marosimida qatnashuvchilar soni 50 kishigacha etib cheklanadi. Shu bilan birga, dafn marosimidan keyingi har qanday yig‘in taqiqlanadi. Barcha ish beruvchilar, agar ish joyida bo‘lishning hojati bo‘lmasa, o‘z xodimlariga uydan ishlashga ruxsat berishi kerak. Ishdan tashqarida faqat oila a’zolari bilan uchrashish mumkin bo‘ladi.

    Restoran va boshqa ovqatlanish korxonalari faqat olib ketish yoki yetkazib berish uchun ishlashi mumkin. Bundan tashqari, mamlakatda soat 21:00 dan 04:00 gacha komendantlik soati joriy etilgan. Faqat tegishli ruxsatnomaga ega bo‘lgan xodimlar bu vaqtda ko‘chaga chiqishi mumkin. Spirtli ichimliklarni sotish taqiqlanadi.

    Ushbu tadbirlarning barchasi 28-iyundan 11-iyulgacha amal qiladi. Bundan tashqari, 30-iyundan boshlab mamlakatdagi barcha maktablar yopiladi.

    Mavzuga doir: Afrika rivojlangan davlatlardan koronavirusga qarshi vaksinalarning ortiqchasini berishni so‘radi

    28.06.2021, 17:10   Izoh (0)   12577
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Turkiya vitse-prezidenti Fuat Oktay shu hafta O‘zbekistonga keladi

    28.06.2021, 15:10

    Shimoliy Koreya Kim Chen In ozib ketganini tan oldi

    28.06.2021, 14:55

    AQSh Iroq va Suriya chegarasidagi Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan guruhlarga aviazarbalar berdi

    28.06.2021, 12:42

    Afg‘onistonda “Tolibon” Tojikiston bilan chegaradagi postni egallab oldi

    28.06.2021, 11:18

    Marsdagi Xitoy marsoxodi o‘z ish jarayoni haqida 4 ta video yubordi. Videolardan birida roverning tovushini ham eshitish mumkin (video)

    28.06.2021, 10:36

    Eron MAGATEga o‘z yadro obyektlari bo‘yicha ma’lumotlarni uzatishni to‘xtatadi

    27.06.2021, 21:28
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Barselona” futbolchisi: “‘Real’ — butun dunyo tan olgan klub”

    Sport | 2 iyul, 15:55

    Toshkentda Rohat aylanma yo‘li vaqtincha yopilgani sabab tirbandliklar yuzaga keldi (video)

    O‘zbekiston | 2 iyul, 15:48

    Eron rasman MAGATE bilan hamkorlikni to‘xtatdi

    Dunyo | 2 iyul, 15:45

    Malida “Al-Qoida”ga aloqador hujum sabab 80 nafar jangari o‘ldirildi

    Dunyo | 2 iyul, 15:35

    Hayot uchun xavfli: nima uchun tor kelib qolgan kiyimlardan qutulish kerak?

    Maslahatlar | 2 iyul, 15:20

    HAMAS Trampning o‘t ochishni to‘xtatish taklifiga javob qaytardi

    Dunyo | 2 iyul, 15:05

    Bolgariya va Ruminiya chegara nazoratini bekor qildi

    Dunyo | 2 iyul, 14:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.