Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Hafta davomida O‘zbekiston va dunyo bo‘ylab olingan qiziqarli suratlarni namoyish etamiz.

Buyuk Britaniyada 19-iyun kuni uchirilgan 9000 ming poyga kabutarlari noma’lum tarafga uchib ketib, egalarining yoniga qaytib kelmadi. Ko‘plab qush egalari quyosh faolligidan kelib chiqqan geomagnit bo‘ron sababli kabutarlardagi navigatsiya tizimida “nosozlik” kelib chiqqan bo‘lishi mumkin deb taxmin qilmoqda.

Foto: Getty Images

Toshkent viloyati Qibray tumanidagi “Sa’dulla ota” masjidida peshin namozidan so‘ng duo qilayotgan jamoat. Respublika maxsus komissiyasi tomonidan 28-iyundan boshlab masjidlarda jamoat namozlarini ochiq havoda amalga oshirish tavsiya etildi.

Foto: Facebook / Abdurrohman Husniddin

Italiyaning Turin shahrida o‘tloq chang‘isi musobaqasining sprint yo‘nalishi bo‘yicha qatnashayotgan sportchi.

Foto: AFP

Shavkat Mirziyoyev 25-iyun kuni Chirchiq daryosi bo‘yidagi obodonlashtirish va qurilish jarayonini ko‘zdan kechirdi. Daryoning Toshkent shahridan o‘tgan qismining (16 kilometr) o‘zani qisqartirib, turli infratuzilma obyektlari barpo etish rejalashtirilgan. Birinchi bosqichda Ohangaron va Bektemir ko‘chalari oralig‘idagi 5 kilometr tartibga keltirilmoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qo‘zilar va plastik idishlarni ko‘tarib yurgan ayol Dakka shahrida yomg‘ir paytida boshpana izlamoqda.

Shavkat Mirziyoyev va Sergeli tumani hokimi Elbek Shukurov “Saxovat” mahallasini ko‘zdan kechirmoqda. 2021-yilda “Obod mahalla” dasturi doirasida hudud to‘liq obodonlashtirilib, yangidan chiroy ochdi. Mahalla guzari, Saxovat bog‘i, savdo do‘konlari barpo etildi. Yo‘laklar tartibga keltirilib, bolalar o‘yingohlari, avtoturargoh tashkil qilindi.

London yaqinida o‘tkazilayotgan Royal Ascot ot poygalarida Alcohol Free laqabli tulpordan yiqilayotgan Oisin Merfiy.

London yaqinida o‘tkazilayotgan Royal Ascot ot poygalarida Alcohol Free laqabli tulpordan yiqilayotgan Oisin Merfiy.
Foto: Getty Images

Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan yamanlik jangchilar zirhli transport vositasida Marib yaqiniga ketyapti.

Foto: AP Photo

Shimoliy Makedoniyaning Kumanovo shahri yaqinidagi Kokino megalitika rasadxonasida yozning eng uzun kunini nishonlayotgan odam.

Foto: Reuters

Hindistonning shimoliy sharqidagi Manipur shtatidagi Loktak ko‘lida o‘z qayig‘ida nilufar gullari oralab suzib ketayotgan baliqchi.

Yuzlab qurollangan odamlar afg‘on xavfsizlik kuchlarini qo‘llab-quvvatlashlarini va “Tolibon”ga qarshi kurashishga tayyor ekanliklarini e’lon qilish uchun ko‘chalarga yig‘ilishdi.

Turkiyadagi Van ko‘li ustida quyosh botishi.

Turkiyadagi Van ko‘li ustida quyosh botishi.
Foto: Getty Images

Xorvatiyaning Vodnyan shahri markaziy maydonida Ioann Cho‘qintiruvchi (Yahyo alayhissalom Injilda shunday nom bilan kelgan – tah.) tug‘ilgan kunini nishonlayotgan odam.

Foto: “TASS”

Nayrobi milliy bog‘ida yashovchi hayvonlar.

Sitsiliyadagi Etna vulqonidan otilayotgan lava.

Sitsiliyadagi Etna vulqonidan otilayotgan lava.
Foto: Getty Images

Pikachu maskotlari Tokioning Xaneda xalqaro aeroportida Skymark Airlines aviakompaniyasining Boeing 737-800 samolyotida Pokemon mavzusidagi yangi dizaynlar taqdimoti paytida namoyish qilinmoqda.

Shimoliy yarimsharda yilning eng uzun kuni hisoblangan 21-iyunda Izmirdagi Kordonboyu mahallasida quyosh botishi vaqti rolikli konki uchayotgan bolalar.

Shimoliy yarimsharda yilning eng uzun kuni hisoblangan 21-iyunda Izmirdagi Kordonboyu mahallasida quyosh botishi vaqti rolikli konki uchayotgan bolalar.
Foto: Getty Images

Yangi zelandiyalik Mitch Evans ABB FIA Formula E chempionatining to‘qqizinchi bosqichida qatnashmoqda.

Afina janubidagi Kavouri shahri plyaji yaqinida issiq kunda syorfing taxtasida mashq qilayotgan odamlar.

Afina janubidagi Kavouri shahri plyaji yaqinida issiq kunda syorfing taxtasida mashq qilayotgan odamlar.
Foto: AP Photo

Quyosh botish vaqtida Turkiyaning Qora dengiz mintaqasidagi Trabzon viloyati sohilida turgan mushuklar.

Quyosh botish vaqtida Turkiyaning Qora dengiz mintaqasidagi Trabzon viloyati sohilida turgan mushuklar.
Foto: Getty Images

Singapurning Jewel Changi aeroportidagi sun’iy sharshara yaqinida turgan qizaloq.

Taylandning Huan Hin shahridagi uy oshxonasida ovqatlanayotgan fil.

Amerikalik Kaelib Dressel Sog‘liqni saqlash markazida AQShdagi suzish bo‘yicha musobaqaning sakkizinchi kunida erkaklar o‘rtasida 50 metrga erkin usulda suzish bo‘yicha final bahsida Amerika rekordini o‘rnatdi.

Rio-de-Janeyrodagi Kopakabana plyajida Rio-de-Paz nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan Braziliyaning yarim million COVID-19 qurbonlari xotirasiga joylashtirilgan atirgullar ortida quchoqlashayotgan ikki kishi.

Myunxendagi Allianz Arena stadionida bo‘lib o‘tgan Yevro-2020 chempionatining “F” guruhidan o‘rin olgan Germaniya va Vengriya o‘rtasidagi o‘yin paytida yomg‘ir yog‘moqda.

Kobuldagi qochoqlar lagerida yashayotgan bolalar.

Kobuldagi qochoqlar lagerida yashayotgan bolalar.
Foto: AFP

Bangkokdagi Dog In Town kafesida ishlovchi bola itlar bilan muomala qilmoqda.

Nyu-Yorkda Jorj Floyd haykali o‘rnatildi. Uni o‘ldirishda aybdor deb topilgan politsiya xodimi Derek Shovin 22,5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Nyu-Yorkda Jorj Floyd haykali o‘rnatildi. Uni o‘ldirishda aybdor deb topilgan politsiya xodimi Derek Shovin 22,5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
Foto: Getty Images

Shotlandiyaning Edinburg shahrida qo‘ylarning junini olish bo‘yicha musobaqada qatnashayotgan Penni Bell ismli ayol.

Venesuelaning Karakas shahrida yoga mashg‘ulotlarida qatnashayotgan mahalliy aholi.

Venesuelaning Karakas shahrida yoga mashg‘ulotlarida qatnashayotgan mahalliy aholi.
Foto: “TASS”

Xitoyning Sindao shahri yaqinidagi botqoqlikda yurgan laylaksimonlar turkumiga kiruvchi adrea qushi.

Myunxendagi Allianz Arena stadioni ustidagi yashin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzila nega halokatli oqibatlarga olib keldi?
Mahalliy
“Qardoshlarimizga hamdardmiz”. O‘zbek jamoatchiligi Turkiyadagi zilzilaga munosabat bildirdi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv bo‘yicha qarorni imzoladi