Saida Mirziyoyeva 25-iyun kuni M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetida iqtisodiyot bo‘yicha dissertatsiya yoqladi. Bu haqda Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov o‘z Telegram kanalida ma’lum qildi.

Foto: Telegram / Komil Allamjonov

“Fond jamoasi nomidan sizni ushbu muhim voqea bilan tabriklagan holda, kelgusi ilmiy faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilab qolaman”, — deya qo‘shimcha qilgan Komil Allamjonov o‘z xabarida.

Bundan avval Saida Mirziyoyeva binolardagi mozaika pannolarni saqlab qolish va ta’mirlashga chaqirgani hamda Saida Mirziyoyeva tashabbusi bilan Katta Langar Qur’oni sahifalari saqlab qolingani haqida xabar berilgandi.