O‘zbekistonda 23-iyun kuni 442 kishida koronavirus aniqlanib, mamlakatda COVID-19 qayd etilganlar soni rasman 107 708 nafarga yetdi. Oxirgi 5 kun ichida to‘rtinchi marta kasallanishlar soni 400 dan yuqori bo‘lmoqda. Bu haqda SSV xabar bermoqda.

Yangi kasallanish holatlarining

  • 12 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 12 nafari Andijon viloyatida,
  • 17 nafari Buxoro viloyatida,
  • 31 nafari Jizzax viloyatida,
  • 12 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 2 nafari Navoiy viloyatida,
  • 10 nafari Namangan viloyatida,
  • 86 nafari Samarqand viloyatida,
  • 9 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 33 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 18 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 16 nafari Xorazm viloyatida,
  • 46 nafari Toshkent viloyatida,
  • 138 nafari Toshkent shahrida

koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Vazirlikning ma’lum qilishicha, so‘nggi sutkada 398 nafar bemor so‘gaydi. Jumladan, Buxoroda 10 nafar, Jizaxda 23 nafar, Qashqadaryoda 10 nafar, Navoiyda 5 nafar, Namanganda 8 nafar, Samarqandda 45 nafar, Farg‘onada 11 nafar, Xorazmda 21 nafar, Toshkent viloyatida 64 nafar hamda Toshkent shahrida 201 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 103 473 nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 723 nafarni tashkil qilmoqda. Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3513 nafar bemor davolanyapti.

Mamlakatda kunlik kasallanish holatlari soni yana ortib bormoqda. 22-iyunda 419 kishida, 21-iyunda 395 kishida, 20-iyunda 427 kishida, 19-iyunda 415 kishida, 18-iyunda 391 kishida koronavirus tasdiqlangan. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq kunlik yuqori ko‘rsatkich 5-may kuni qayd etilgan — o‘shanda 452 kishida kasallik aniqlangan.