O‘zbekistonda 21-iyun kuni yana 395 kishida koronavirus tasdiqlanib, mamlakatda ushbu virusga chalingani rasman tan olinganlar soni 106 847 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining

  • 13 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 12 nafari Andijon viloyatida,
  • 18 nafari Buxoro viloyatida,
  • 15 nafari Jizzax viloyatida,
  • 9 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 5 nafari Navoiy viloyatida,
  • 16 nafari Namangan viloyatida,
  • 34 nafari Samarqand viloyatida,
  • 8 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 35 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 27 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 19 nafari Xorazm viloyatida,
  • 28 nafari Toshkent viloyatida,
  • 156 nafari Toshkent shahrida

koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, so‘nggi sutkada Qoraqalpog‘istonda 11 nafar, Buxoroda 8 nafar, Jizzaxda 12 nafar, Qashqadaryoda 19 nafar, Navoiyda 5 nafar, Namanganda 7 nafar, Samarqandda 39 nafar, Surxondaryoda 30 nafar, Farg‘onada 29 nafar, Xorazmda 14 nafar, Toshkent viloyatida 87 nafar, Toshkent shahrida 122 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 102 546 nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 720 nafarni tashkil qilmoqda. Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3581 nafar bemor davolanyapti.

Mamlakatda kunlik kasallanish holatlari soni yana ortib bormoqda. 20-iyunda 427 kishida, 19-iyunda 415 kishida, 18-iyunda 391 kishida, 17-iyunda 385 kishi, 16-iyunda 371 kishida koronavirus tasdiqlangan. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq kunlik yuqori ko‘rsatkich 5-may kuni qayd etilgan — o‘shanda 452 kishida kasallik aniqlangan.