O‘zbekistonda 22-iyun kuni 419 kishida koronavirus aniqlanib, mamlakatda COVID-19 qayd etilganlar soni rasman 107 266 nafarga yetdi. Oxirgi 4 kun ichida uchinchi marta kasallanishlar soni 400 dan yuqori bo‘lmoqda. Bu haqda SSV xabar bermoqda.

Yangi kasallanish holatlarining

  • 3 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 10 nafari Andijon viloyatida,
  • 25 nafari Buxoro viloyatida,
  • 27 nafari Jizzax viloyatida,
  • 7 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 6 nafari Navoiy viloyatida,
  • 14 nafari Namangan viloyatida,
  • 64 nafari Samarqand viloyatida,
  • 9 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 35 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 3 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 8 nafari Xorazm viloyatida,
  • 72 nafari Toshkent viloyatida,
  • 136 nafari Toshkent shahrida

koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sabab namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Vazirlikning ma’lum qilishicha, so‘nggi sutkada 528 nafar bemor so‘gaydi. Jumladan, Buxoro viloyatida 9 nafar, Jizzax viloyatida 23 nafar, Qashqadaryo viloyatida 8 nafar, Namangan viloyatida 16 nafar, Samarqand viloyatida 33 nafar, Sirdaryo viloyatida 22 nafar, Surxondaryo viloyatida 174 nafar, Farg‘ona viloyatida 8 nafar, Xorazm viloyatida 9 nafar, Toshkent viloyatida 46 nafar, Toshkent shahrida 180 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 103 074 nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni rasman 722 nafarni tashkil qilmoqda. Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3470 nafar bemor davolanmoqda.

Mamlakatda kunlik kasallanish holatlari soni yana ortib bormoqda. 21-iyunda 395 kishida, 20-iyunda 427 kishida, 19-iyunda 415 kishida, 18-iyunda 391 kishida, 17-iyunda 385 kishi, 16-iyunda 371 kishida koronavirus tasdiqlangan. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq kunlik yuqori ko‘rsatkich 5-may kuni qayd etilgan — o‘shanda 452 kishida kasallik aniqlangan.