O‘zbekistonda 20-iyun kuni yana 427 kishida koronavirus tasdiqlanib, mamlakatda ushbu virusga chalingani rasman tan olinganlar soni 106 452 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining

  • 6 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 12 nafari Andijon viloyatida,
  • 20 nafari Buxoro viloyatida,
  • 12 nafari Jizzax viloyatida,
  • 11 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 2 nafari Navoiy viloyatida,
  • 10 nafari Namangan viloyatida,
  • 36 nafari Samarqand viloyatida,
  • 7 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 40 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 33 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 14 nafari Xorazm viloyatida,
  • 61 nafari Toshkent viloyatida,
  • 163 nafari Toshkent shahrida

koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, so‘nggi sutkada Buxoroda 6 nafar, Jizzaxda 10 nafar, Qashqadaryoda 6 nafar, Navoiyda 3 nafar, Namanganda 11 nafar, Samarqandda 71 nafar, Surxondaryoda 67 nafar, Farg‘onada 8 nafar, Toshkent viloyatida 55 nafar, Toshkent shahrida 234 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 102 163 nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3571 nafar bemor davolanmoqda.

Mamlakatda kunlik kasallanish holatlari soni yana ortib bormoqda. 19-iyunda 415 kishida, 18-iyunda 391 kishida, 17-iyunda 385 kishi, 16-iyunda 371 kishida koronavirus tasdiqlangan. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq kunlik yuqori ko‘rsatkich 5-may kuni qayd etilgan — o‘shanda 452 kishida kasallik aniqlangan