Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston endilikda chet elga kamroq avtomobil sotmoqda, ammo bu ko‘proq foyda keltiryapti, deb yozmoqda Spot avtomobilsozlik sanoati eksportining so‘nggi besh yilgi statistikasiga tayanib.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Avval qanday edi?

O‘zbekistondan chiqarilgan avtomobillar uzoq yillar davomida asosiy eksport bozorlarida eng arzoni bo‘lgan. 2018-yil yozida Spark va Nexia Rossiyadagi eng arzon xorijiy avtomobillar deb tan olingan va ular mos ravishda 6900 dollar va 7100 dollarni tashkil etgan. Shu bilan birga, O‘zbekistonda esa ushbu modellar bir necha ming dollarga qimmatroq bo‘lgan.

O‘sha yilning iyunida Prezident Shavkat Mirziyoyev avtomobil sanoatini tanqid qilgandi. Xususan, boshqaruvning barcha darajalaridagi tizim korrupsiya, poraxo‘rlik, tanish-bilishchilik botqog‘iga botganligi va bir necha yillardan buyon avtomobillar chet elda o‘z narxidan past narxlarda sotilayotgani qayd etilgan.

Avgust oyida O‘zbekistonda ham, boshqa davlatlarda ham avtomobillar savdosi to‘xtatildi. O‘sha oyning oxirida u tiklandi, ammo faqat ichki bozorda. Eksportlar noyabr oyiga kelib tiklandi — o‘shanda O‘zbekiston avtomobillar narxi ko‘tarilishi ma’lum bo‘ldi. Qozog‘istonda Nexia va Ravon qariyb 5 ming dollarga qimmatladi.

O‘shandan beri UzAuto Motors avtomobillari chet elda arzon narxda bo‘lishi to‘xtadi. Xususan, Qozog‘istonda Cobalt hozirda komplektatsiyasiga qarab 4,7 milliondan 5 million tengegacha turadi. Bu so‘mda 113 milliondan 120 milliongacha degani. O‘zbekistonda esa ushbu model narxi 97 milliondan 116 million so‘mgacha.

Savdolarda qanday o‘zgarishlar?

2018-yildan boshlab eksport ham, tushum ham asta-sekin o‘sib bormoqda. Agar 2016-yilda O‘zbekiston chet elga avtomobilni o‘rtacha 5 132 dollarga sotgan bo‘lsa, 2020-yilda narxlar 9201 dollarga yetdi:

O‘sish nafaqat narxlar o‘zgarganligi bilan bog‘liq, balki ushbu yillarda modellar qatori ham o‘zgardi. So‘nggi yillarda, asosan, Cobalt eksport qilinmoqda. U Rossiyada ham, Qozog‘istonda ham hech qachon arzon inomarkalar qatoriga kirmagan.

Sotish geografiyasi ham o‘zgardi — ilgari asosiy ulush Rossiyaga to‘g‘ri kelgan bo‘lgan bo‘lsa, hozirda bu ulushning deyarli 90 foizi Qozog‘iston hisobiga to‘g‘ri keladi. Qo‘shni respublikada Chevrolet Hyundai bilan, Cobalt esa Accent bilan raqobatlashadi. Bu yil brend savdosi 4697 foizga o‘sdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ukraina tashqi ishlar vaziri Putinning “Zelenskiyni o‘ldirmaslik” bo‘yicha bergan va’dasiga munosabat bildirdi
Sport
A Seriya. Eldor Shomurodovning debyut o‘yinida “Spetsiya” o‘zida “Napoli”ga yirik hisobda yutqazdi
Dunyo
Marsdan ham sovuqroq: AQSHda havo harorati tarixiy rekordni yangiladi (video)