Daryo

O‘zbekiston eksport qilayotgan avtomobillarning deyarli barchasi Qozog‘iston hisobiga to‘g‘ri kelmoqda

2021-yilning 1-choragi davomida xorijiy davlatlarga qiymati 87,4 million dollarga teng yengil avtomobillar eksport qilingan

1 daqiqa o‘qish60 860 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston eksport qilayotgan avtomobillarning deyarli barchasini Qozog‘iston xarid qilmoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, 2021-yilning 1-choragi davomida xorijiy davlatlarga qiymati 87,4 million dollarga teng yengil avtomobillar eksport qilingan. Yengil avtomobil eksporti o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 50,9 million dollarga oshgan. O‘zbekiston yengil avtomobillari asosan Qozog‘istonga (8468 dona) eksport qilingan.

O‘zbekiston yengil avtomobil eksport qilgan davlatlar:
  • Qozog‘iston – 82,6 million dollar;
  • Ukraina – 1,5 million dollar;
  • Afg‘oniston – 1,3 million dollar;
  • Qirg‘iziston – 963,3 ming dollar;
  • Ozarbayjon – 444,7 ming dollar;
  • Rossiya – 313 ming dollar;
  • Tojikiston – 134,4 ming ming dollar.
Avvalroq O‘zbekistonda 2021-yilning yanvar—mart oylarida jami 44 454 dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgani, bu 2020-yilning mos davri (31 181 dona) bilan taqqoslaganda 42 foizga kamligi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: UzAuto Motors 2021-yil yanvar–mart oylarida 44,4 ming dona avtomobil ishlab chiqardi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 40,2 foizga kam

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar