Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston hududlarida “erta pishar” sabzi yig‘im-terimi boshlandi, uning to‘liq pishishi ob-havo sharoiti tufayli deyarli bir oyga kechikdi, deya xabar bermoqda Qishloq xo‘jaligi vazirligiga tayanib “Gazeta.uz”.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

“Ommaviy yig‘im-terim ishlari iyul oyining dastlabki kunlariga rejalashtirilgan. Bu bozorni yangi sabzi bilan to‘liq ta’minlashga imkon beradi va ularning narxini bosqichma-bosqich pasayishiga olib keladi”, – deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, mamlakat bozorlarida sabzi narxi keskin ko‘tarilib, bir kilogrammi 15 ming so‘mgacha yetdi. Umuman olganda, yil boshidan buyon ushbu mahsulot narxi 60 foizga o‘sgan. Qishloq xo‘jaligi vazirligi buni chet elda sabzi uchun yuqori narxlar, shuningdek, sovuq ob-havo bilan izohladi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilda umumiy maydoni 124,4 ming gektarga (2020-yilga nisbatan 18,2 ming gektar ko‘p) sabzi ekish, jami 2,3 million tonna sabzi yetishtirish rejalashtirilgan. Aholining yillik talabi 800 ming tonnani tashkil etadi. Yetishtirilgan sabzi qolgan qismi eksport qilinadi va qayta ishlanadi.

Ma’lumot uchun, sabzi tuproq-iqlim sharoitiga mos ravishda Qoraqalpog‘iston, Jizzax, Toshkent, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Sirdaryo, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida ekiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Turkiya yangi dunyo tartibining markazida bo‘lishi kerak” — Erdo‘g‘on
Mahalliy
Andijonda 41 kishi jarohatlangan avtohalokat qurbonlari soni 4 nafarga yetdi
Mahalliy
O‘zbekistonda qaysi hududlarda narxlar ko‘proq o‘sgani ma’lum qilindi