• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +18°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Mening jamoam, g‘ururim 8 yil ikki shaxsning qo‘lida o‘yinchoq bo‘ldi”. PFL rahbari Vadim Abramovning “agentlik faoliyati” va natija keltirmaydigan uslubi haqida

    PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jayev “Offside” ko‘rsatuvida qatnashdi. Unda funksioner O‘zbekiston terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Vadim Abramov va boshqa masalalar haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

    Kollaj: “Daryo”

    Kollaj: “Daryo”
    Terma jamoaning keyingi bosqichga chiqa olmasligini oldindan taxmin qilgani haqida

    Taxmin bo‘lgan, oldindan, buni yashirmayman. Lekin oldindan bilganman deb ayta olmayman. Chunki hech narsani oldindan bilib bo‘lmaydi. Ichki xavotir bor edi, menda bu Vadim Abramov terma jamoaga tayinlangandan keyin boshlangan. Shuning uchun juda bir olamshumul, dod-voy soladigan narsa bo‘lmadi men uchun.

    Xorijlik murabbiyning ketishi va Abramovning kelishi noto‘g‘ri yo‘l ekanligi haqida

    Ko‘pchilik bizga hujumkor futbol yoqishini aytadi, menga ham yoqadi shunday o‘yin. Mana kecha bokschimiz Bektemir Meliqo‘ziyev ham hujumkor boks ko‘rsatib, bitta kuchli zarba o‘tkazib yuborib, nokautga uchradi. Futbolda ham shunaqa. Urishni bilgan odam, kaltak yeyishni ham bilish kerak. Saudiya Arabistoni ikkita o‘yinda 3 tadan gol urib, Ektor Kuperning falsafasi to‘g‘ri ekanligini ko‘rsatdi. Toshkentda ham, Ar-Riyodda ham. Faqat gol urishimiz, oldingi chizig‘imiz va yarim himoyamiz bilan ish bitmasligini hamma biladi. Kuper himoyani to‘g‘rilashdan boshlayotgandi. U bilardi, himoyamiz og‘riqli nuqta ekanligini. Jahon Chempionatidagi raqiblarimiz Yaponiya, Koreya, Eron, Avstraliya va Saudiya Arabistoni ekanligini ham yaxshi tushunib turgandi. Biz ular bilan hujumkor o‘ynay olamizmi? Yo‘q. Qiynalamiz, judayam qiynalamiz.

    Misol uchun Koreyaning yetakchi futbolchilari Yevropaning kuchli chempionatlarida o‘ynaydi. Biznikilar esa Koreyaning 1-ligasida. Shunday ekan, qanday qilib hujumda o‘ynashimiz mumkin. Abramov himoyalanishni bilmaydi. U buni bir necha marotaba isbotlagan. O‘zbekistonni Olimpiadadan mosuvo qilganda ham, klublarda ishlaganda ham, 6 talab gollar o‘tkazgan. U avantyurist murabbiy. Shuning uchun menga unga na shaxs sifatida va na murabbiy sifatida ishonmaganman, ishonmayman ham.

    Vadim Abramov terma jamoa murabbiyligiga qayta tayinlanishidan oldin “Bunyodkor”ni tublikdan olib chiqqani haqidagi gaplar borasida

    Bitta savol beraman: “Bunyodkor” qachon tubga tushib ketgandi? Akademiyasi bor, maydonlari bor, doim futbolchilar yetishib chiqadi. Bu klub qanaqasiga tubga tushib ketdi va Abramov nimadan olib chiqdi? U o‘sib turgan lolalarga tayyor bog‘bon bo‘lib keldi. Moliyaviy qiyinchiliklar bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Biroq “Bunyodkor” va “Nasaf”da shundayki, jamoa ming o‘yinchisiz qolib ketsa ham, nariroqda qurol saqlanadigan ombori bor. O‘sha futbolchilar bilan Superligadan chiqib ketish haqida o‘ylamasa ham bo‘ladi. O‘sha jamoaga keldi va tayyor futbolchilarni o‘ynatdi. Buni nimasi tubdan olib chiqish, to‘g‘risi tushunmadim.

    Abramov “Neftchi”da qanday ishlaganini bilaman, “Lokomotiv”da nimalar qilganini bilaman. Klub miqyosida qanday olamshumul ish qildi? Tubdan olib chiqish qanaqa bo‘ladi, “Andijon” bilan Superligada 4—5-o‘rinni olsin, “Buxoro”da ishlasinda, jamoani olib chiqsin.

    Ektor Kuperni ketkazish uchun Falastinga qarshi dastlabki o‘yinda atayin imkoniyat boy berilgani haqida

    Eshitgan fikrimga qarab ish qiladigan bola emasman. Futbolchilarni ko‘r-ko‘rona ayblashdan yiroqman. Biroq o‘zimni shubhaga solgan o‘yinlar bor. Masalan, JCh—2014 yo‘lida Livanda durang o‘ynaganimiz, KXDRga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyat yoki Falastinga qarshi bahs — bular shubhali o‘yinlar, biroq bunga hech qanday dalilim yo‘q.

    Har qanday futbolchi terma jamoada unga tayinlangan murabbiy bilan ishlab, natija ko‘rsatishi kerak. Futbolchilarni terma jamoada murabbiy tanlab o‘tirishini hazm qilib bo‘lmaydi. Qaysi futbolchi bo‘lishidan qat’i nazar.

    Misol uchun, Abramov birinchi marta ishdan olinib, uning o‘rniga Mirjalol Qosimov tayinlangan vaqtda Server Jeparov va Temur Kapadzeni federatsiya binosida ko‘rganman. Ular murabbiyni olib qolishga harakat qilgandi. Lekin ular vatan terma jamoasida o‘ynayaptimi, kim murabbiy bo‘lmasin, u jamoada jonini berib o‘ynashi kerak.

    Abramovning salohiyati haqida

    O‘zbekiston terma jamoasining salohiyati Yaman va Singapurni murabbiysiz ham yutishga yetadi. Murabbiyning imzosi o‘zidan kuchli yoki teng raqiblarga qarshi o‘yinlarda seziladi. Biz Saudiya Arabistoni bilan ikki marta o‘ynadik. Ikkita o‘yinda ulardan oltita gol o‘tkazib yubordik. Bu Abramovning haqiqiy salohiyatini bildiradigan natija.

    Ektor Kuperning himoyaviy uslubi futbolchilarimizni toliqtirgan bo‘lishi mumkin. U ketganidan keyin Abramov keldi va “bemalol o‘ynanglar” dedi. 1-2 o‘yinda shunday eyforiya bilan g‘alaba qozonsa bo‘ladi, ammo keyingilariga murabbiyning imzosi kerak.

    Abramovda tayyorgarlik uchun bir yil vaqt bo‘ldi. U markazlashtirilgan tizim, musobaqaning boshqa yerga ko‘chirilganini muhokama qilmasin. Biz javob o‘yini uchun shundoq ham Saudiyaga borishimiz kerak edi, Yaman bilan ham o‘yin safarda, shunga o‘xshash joyda bo‘lib o‘tardi. Faqat Singapur bilan o‘yinimizgina o‘sha yerga ko‘chib qoldi. Dubayga bordi, 6-7 ming dollar sarflab Galiulinni kuzatishga bordi. Bir yil shu o‘yinga tayyorlanib, bir kun qolganida kimdir xonasiga kirib “men himoyada o‘ynamoqchiman”, degan ekan “xo‘p, o‘yna” debdi. Bu axir kulgili holat. Sen bu o‘yinga bir yil tayyorlanding! Odil Ahmedov kirib shunday deganiga ishonmayman ham. O‘sha kuni (O‘FA kongressida) faqat Odil Ahmedovga achindim. U sardor sifatida O‘zbekiston terma jamoasining, “Paxtakor”ning muvaffaqiyatlariga hissa qo‘shgan. Million-million pullar taklif qilinganida ham “Paxtakor”ni tark etmagan. O‘sha kuni shunday vaziyat bo‘lib qoldi va u ham faoliyatini tugatdi.

    “Bugun o‘zgarmasak, har 4 yilda shunday turib kechirim so‘raymiz”. Odil Ahmedov O‘zbekiston terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi

    Sarkisyan, Babayan va Abramov haqida

    Men nimaga achinaman, bilasizmi, millatchi emasman, biroq mening jamoam, mening g‘ururim 8 yildan beri ikkita odamning qo‘lida o‘yinchoq bo‘lishi... Bu holatga achinaman. Keladi. Xohlagan ishini qiladi. Muxlisga ham “qo‘yib qo‘yadi”, xohlasa u futbolchini chaqiradi, xohlasa bunisini, istagan ishini qiladi va oxirida bittasi hamma ayb menda deydi, yana biri matbuot anjumaniga kelmay ham qo‘ya qoladi. Xato qilish ayb emas, xatoni takrorlash ayb. Qachongacha shu xatoni takrorlaymiz? O‘zbek futbolida milliy terma jamoada Sarkisyan ham ishladi, Babayan ham ishladi, Abramov ham ishladi. Siz uch o‘zbek mutaxassisi Armaniston terma jamoasini ketma-ket boshqarishini tasavvur qila olasizmi? Men e’tiqod tomondan ham, millat tomondan ham bag‘rikengman.

    Abramovning agentlik faoliyati bilan shug‘ullanishi haqida

    Bizda ham g‘urur bor-ku. Agentlik bilan shug‘ullanadi. Futbolchilarga shartnomaga qo‘l qo‘y deydi, futbolchilarni sotadi. Jasur Jaloliddinovni ko‘rdingiz. Biz o‘sha vaqtda shov-shuv ko‘tardik, shu bolani qutqarib qolishga intildik. Ichimiz achidi. Yetim bolani o‘ylamagan odam, sizning terma jamoangizni o‘ylaydimi? Uning ishi shu.

    Menga alam qiladigani, matbuot anjumani jurnalistlarning hamma savoliga javob topib beradi. O‘zimga qolsa, unga nisbatan tartib-intizom ishini ochardim. Besh futbolchini olib kelib, ularga bog‘liq vaziyatni o‘rganish kifoya. Terma jamoaga kimni va nima maqsadda qo‘yyapti? Kuperning ustunlik tomoni shunda ediki, uning terma jamoada agentlik manfaati yo‘q edi.

    Unga hamma sharoit qilib berildi, xohlagan joyiga bordi, xohlaganda chempionatni to‘xtatdi, istagan o‘yinchisini oldi. Butun xalq aytdi: “Hoy, bu futbolchi yugura olmaydi”. Yo‘q, hamma ishni qildi, hammasini rasvo qildi!

    Himoyaviy o‘yinda muvaffaqiyatsiz harakati haqida

    Nahotki shularni oldindan ko‘rishni iloji bo‘lmagan? Ayrimlarning fikricha, u hujumkor o‘ynaydi. Xo‘p, Avstraliya bilan natijamiz qanday bo‘lgan? Janubiy Koreya bilanchi? Biz Osiyo Kubogi—2011 da yarim finalga qanday chiqqanmiz? O‘sha vaqtda futbolchilarimiz eng yuqori darajada edi. Xolbuki, chorak finalda Iordaniyani yutganmiz, Eron, Yaponiya yoki kuchli jamoani emas. Avstraliya va Koreya esa haqiqiy holatimizni ko‘rsatib bergan. To‘g‘ri, Eronga qarshi Toshkentdagi o‘yin (JCh saralashi doirasida 0:1) yaxshi taassurot qoldirgandir.

    Ba’zi vaqtda shunday bo‘ladi, haqiqatda omad kelmaydi. Abramov jamoasi bilan Eronga qarshi o‘yin shunday bo‘lgandi. 90 daqiqa hujum qilingan, Odil Ahmedovning haqqoniy goli inobatga olinmagan o‘yinda yutqazib qo‘yganmiz. Odamlar mag‘lubiyat bo‘lsa-da, o‘yinni juda yaxshi qabul qilgan. O‘sha vaqtda ko‘pchilik Abramovga ishonib qolgandi. Biroq bugungisichi? Saudiya bilan o‘yinda nima qildik? Odil Ahmedovni himoyaga qo‘ydi, bechora Masharipovni, butun umr vinger bo‘lib o‘ynagan bolani o‘rtaga qo‘ydi. Siz Play Station’da ham shunday o‘ynamasangiz kerak. Messini himoyaga qo‘ymayssizku. Masalan, o‘sha simulyatorda o‘yinchini boshqa pozitsiyaga olsangiz, reytingi pasayib ketadi — bu osmondan olinmagan.

    O‘zaro suhbat borasida

    Hamma narsani ochiqlayotganim yo‘q, biroq ularga ham bir kun vaqt keladi. “Bunyodkor”da ishlab yurgan vaqtida, bir kuni xonamga kirdi. U-18 chempionatini to‘xtatishni so‘radi, pul yetmayotgan ekan. “Bunyodkor” bosh murabbiyi menga shu gaplarni aytyapti. “Seni chempionatingni to‘xtatsam, to‘xtataman, ammo bu ligani to‘xtatmayman”, dedim. Shomurodovni, Shukurovni, Aliboyevni qaysi chempionat yetkazib bergan? O‘sha bolalarga necha pul ham ketardi? Uning yuziga aytdim: “Insofing bormi, seni bir oylik maoshingga U-18 jamoasi 1 yil yashaydi”. Jahl qilib chiqib ketdi.

    Vadim Abramovning “agent murabbiy” deb atalashi haqida

    Bunga 100% qo‘shilaman. Qolgan murabbiylarni ham shunday deyish mumkinmi? Misol uchun, Rauf Ineleyev yoki Mirjalol Qosimov futbolchilarni shartnomaga qo‘l qo‘yishga majbur qilganini bilmayman. Abramov borasida o‘z fikrimni aytdim. Yuz foiz kafolat berishim uchun uni ish ustida ko‘rishim kerak. Biroq ishonchli manbalarim bor va bunga zarracha shubham yo‘q.

    U nuqul meni jurnalist ekanimni aytadi. O‘zing kim eding? Ma’mur eding, to‘p tashib yuruvchi xodim eding. Omadini bersin. U bunday ko‘tarildi, men unday. Qayerdan kelib chiqqanimga “tashlab” nima qilasan?

    Saudiya Arabistoniga qarshi o‘yin haqida

    O‘sha kuni o‘yinchilarimiz harakat qildi, ularga bir tomondan achinasiz ham. Qo‘g‘irchoq o‘ynatuvchi odamlarni xursand qilish uchun yaxshi teatr qo‘yib berish kerak, biroq u buni sahna ortida qildi.

    Mirjalol Qosimovni terma jamoaga qaytarish borasida

    Qosimov — o‘zining yo‘nalishida, o‘zining ritmida, o‘zi bilganicha ishlayotgan, deyarli katta g‘alabalarni qo‘lga kiritmagan “OKMK”ni asta-sekin ko‘tarayotgan mutaxassis. Ikki marta terma jamoaga olib kelingan, juda qiyin pallalarda qo‘lidan kelgan yordamni bergan. Har safar og‘ir ahvolga tushib qolganimizda — Qosimov. “Qutqaruvchi” rolini berishdan avval uning fikri bilan ham qiziqish kerak.

    O‘zbekiston terma jamoasining Jahon Chempionatiga chiqa olmasligiga aybdor haqida

    Tizim aybdor. Shuni o‘zgartirish yo‘lidamiz. Xudo xohlasa, shu futbolda nimanidir o‘zgartiramiz yoki ketamiz. Optimistik kayfiyatni saqlab qolaman va o‘z yo‘nalishimda oxirigacha kurash olib boraman. Bir-ikki odamning sassiq gapi tufayli bu yerdan ketish niyatim yo‘q. Oxirigacha kurashamiz.

    Diyor Imomxo‘jayev, PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    22.06.2021, 20:01   Izoh (0)   40069
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bir vaqtlar Fransiya terma jamoasining kelajagi sifatida e’tirof etilgan, biroq Yevro—2020 da fransuzlarga qarshi o‘ynagan Loik Nego haqida

    22.06.2021, 15:01

    Amerika Kubogi—2021. Argentina g‘alaba qozondi, Urugvay Chilini yenga olmadi

    22.06.2021, 09:41

    Yevro—2020. 5 ta gol urilgan o‘yinda Daniya Rossiyani yanchib tashladi va 1/8 finalga yo‘l oldi, Belgiya 3-o‘yinda ham g‘alaba qozondi

    22.06.2021, 01:56

    Diyor Imomxo‘jayev: “Vadim Abramovga na shaxs sifatida va na murabbiy sifatida ishonganman, ishonmayman ham”

    22.06.2021, 01:26

    Yevro—2020. Niderlandiyada 100 foizlik natija, Avstriya Ukrainani mag‘lub etib, 1/8 finalga chiqdi

    21.06.2021, 22:55

    “Oltin to‘p” kurashida yuqorilagan Ronaldu, yetakchilarini yo‘qotayotgan “Milan” va Pogba—Varan “rokirovka”si. Eng so‘nggi sport yangiliklari

    21.06.2021, 22:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.