Farg‘ona tumanidagi Shohimardon qishlog‘i va Qirg‘izistonning Botken viloyati Qadamjoy tumanida sayyohlik mavsumi ochilishiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Bu haqda tadbirda qatnashgan “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar berdi.
Qayd etilishicha, Farg‘ona viloyati delegatsiyasi Qadamjoy tumani chegarasida katta tantanalar bilan kutib olingan.
Shundan so‘ng Shohimardonning janubiy tarafida, dengiz sathidan 3000 metr balandlikda, tog‘lar bag‘rida joylashgan Ko‘li Qubbonga eltuvchi uzoq vaqt davomida yopiq bo‘lgan osma dor yo‘li qaytadan ochilgan.Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov, Botken viloyati gubernatori Abdukarim Alimboyev osma dor yo‘lining ilk rasmiy sayyohlari bo‘lgan.
Farg‘ona hokimi va Botken gubernatori tabiat mo‘jizasi hisoblangan ko‘m-ko‘k Ko‘li Qubbon bo‘ylab qayiqda sayr qilgan. Shuningdek, ikki viloyat rahbarlari shu yerda jurnalistlar va blogerlarni qiziqtirgan savollarga javob bergan va turizmni rivojlantirish uchun hamkorlikda qilinishi lozim bo‘lgan rejalar haqida to‘xtalib o‘tgan.
Izoh (0)