So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12195.1
    • RUB 126.67
    • EUR 12921.93
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +18°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    Eng arzon yog‘ va go‘sht mahsuloti O‘zbekistonning qaysi bozorlarida sotilayotgani ma’lum qilindi

    18.06.2021, 09:10 29842

    Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston bozorlaridagi asosiy mahsulotlarning narx-navosini e’lon qildi. Qayd etilishicha, mazkur ma’lumotlarning shakllanish jarayonida, faqatgina dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan (supermarket, minimarket, do‘konlardagi narxlar inobatga olinmagan).

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    O‘zbekiston hududlaridagi markaziy dehqon bozorlarida, 2021-yil 16-iyun kuni o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha, alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ldi:

    Suyakli mol go‘shti – 48 000 so‘mdan 68 000 so‘mgacha (kilogramm)

    Kuzatuv natijasiga ko‘ra, 1 kilogramm suyakli mol go‘shtining minimal narxi Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”, Namangan shahrining “Namangan chorsu dehqon universal bozori”dagi arzonlashtirilgan go‘sht rastalarida qayd etilgan (45 000 so‘m).

    Suyakli mol go‘shtining maksimal narxi esa, Toshkent shahrining Farhod dehqon bozori va Mirobod dehqon bozorida kuzatildi (xususiy tadbirkorlar rastalarida 68 000 so‘m). Shu bilan birga, mazkur bozorlarda tashkil etilgan arzonlashtirilgan rastada mol go‘shti minimal 46 000 dan – 55 000 so‘m oralig‘ida sotilmoqda.

    Qo‘y go‘shti – 50 000 so‘mdan 80 000 so‘mgacha (kilogramm)

    Qo‘y go‘shtining minimal narxi (50 000 so‘m) kuzatuv natijasiga ko‘ra, Nukus shahrining Nukus dehqon bozori va Toshkent shahrining Farhod dehqon bozorшdagi arzonlashtirilgan rastalarda ro‘yxatga olingan.

    Maksimal narxi esa Toshkent shahrining Oloy dehqon bozorida (xususiy tadbirkorlar rastalarida 80 000 so‘m) kuzatildi. Shuningdek, ushbu bozorda qo‘y go‘shti minimal 60 000 so‘m oralig‘ida sotilmoqda.

    Kartoshka – 1 500 so‘mdan 7 000 so‘mgacha (kilogramm)

    Kuzatuv natijalariga ko‘ra, Termiz shahrining “Yashil dunyo markaziy dehqon oziq-ovqat bozori” va Farg‘ona shahrining Markaziy dehqon bozorida tashkil etilgan arzonlashtirilgan savdo rastalarida sotilayotgan kartoshkaning narxi minimal narx sifatida (1 500 so‘m) qayd etilgan.

    Shu bilan birga, Toshkent shahrining Oloy dehqon bozorida sotuvdagi saralangan kartoshkaning narxi maksimal narx sifatida (7 000 so‘m) qayd etildi. Ushbu bozorda arzonlashtirilgan rastada sotilayotgan kartoshkani minimal 4 000 so‘mga ham xarid qilish mumkin.

    Piyoz – 750 so‘mdan 3 000 so‘mgacha (kilogramm)

    Piyoz mahsulotining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra, Termiz shahrining “Yashil dunyo markaziy dehqon oziq-ovqat bozori”da (750 so‘m) ro‘yxatga olindi.

    Maksimal narx sifatida esa, Toshkent shahrining Oloy dehqon bozorida sotuvda bo‘lgan saralangan piyozning narxi kuzatildi (3 000 so‘m). Shuningdek, mazkur bozorda piyozni minimal 1 500 so‘mga ham xarid qilish mumkin.

    Sabzi – 3 000 so‘mdan 11 000 so‘mgacha (kilogramm)

    Sabzi mahsulotining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra, Buxoro shahrining Buxoro markaziy dehqon bozorida (3 000 so‘m) qayd etilgan. Shu bilan birga, mazkur bozorda sabzini maksimal 9 000 so‘mdan xarid qilish mumkin.

    Jizzax shahrining Jizzax markaziy dehqon bozori hamda Toshkent shahrining Farhod dehqon bozorida sotuvdagi tozalangan va saralangan sabzining narxi maksimal narx sifatida (11 000 so‘m) qayd etildi. Shu bilan birga, mazkur bozorlarda sabzini minimal 9 000–10 000 so‘mdan xarid qilish mumkin.

    Tuxum – 5 000 so‘mdan 14 000 so‘mgacha (10 dona)

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Kuzatuv natijasiga ko‘ra, Toshkent shahrining Qo‘yliq dehqon bozorida arzonlashtirilgan tuxum rastalaridagi mayda tuxumning narxi minimal narx sifatida qayd etildi (5 000 so‘m).

    Maksimal narxi esa Toshkent shahrining Eski jo‘va dehqon bozori va Farhod dehqon bozorida qayd etilgan (yirik saralangan tuxum 14 000 so‘m). Shuningdek, mazkur bozorlarda 10 dona mayda tuxumning minimal narxi 8 000–9 000 so‘mni tashkil etgan.

    Guruch – 5 000 so‘mdan 18 000 so‘mgacha (kilogramm)

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Kuzatuv natijalariga ko‘ra, guruch mahsulotining minimal narxi Nukus shahrining Nukus dehqon bozori, Jizzax shahrining Jizzax markaziy dehqon bozori, Termiz shahrining “Yashil dunyo markaziy dehqon oziq-ovqat bozori”da (“Nukus-2” va boshqa mahalliy navli guruchlar 5 000 so‘m) qayd etilgan.

    Maksimal narx esa, Toshkent shahrining Eski jo‘va dehqon bozorida 18 000 so‘mdan kuzatildi (“Lazer” guruch). Shu bilan birga, ushbu bozorlarda guruchning minimal narxlari 6 000 so‘mni tashkil etgan.

    O‘simlik yog‘i – 14 000 so‘mdan 24 000 so‘mgacha (litr)

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    O‘simlik yog‘ining kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Nukus shahrining Nukus dehqon bozori, Andijon shahrining Yangi bozor dehqon bozori, Jizzax shahrining Jizzax markaziy dehqon bozori va Guliston shahrining Guliston dehqon bozorida (mahalliy paxta yog‘i 14 000 so‘m) kuzatildi. Shuningdek, mazkur bozorlardagi xususiy tadbirkorlar rastalarida paxta yog‘ini 15 000–18 000 so‘m oralig‘ida ham xarid qilish mumkin.

    Maksimal narxi esa, Yangiyo‘l shahrining “Ixtisoslashgan Yangiyo‘l shahar dehqon bozori” Toshkent shahrining Oloy bozori, Qo‘yliq dehqon bozori va Mirobod dehqon bozorida (kungaboqar yog‘i 24 000 so‘m) kuzatildi. Shuningdek, mazkur bozorlarda kungaboqar yog‘ini minimal 16 000–20 000 so‘m oralig‘ida ham xarid qilish mumkin.

    Shakar – 7 300 so‘mdan 9 000 so‘mgacha (kilogramm)

    Shakar mahsulotining kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Toshkent shahrining Farhod dehqon bozoridagi arzonlashtirilgan rastalarda (7 300 so‘m) qayd etildi.

    Maksimal narxi esa, Jizzax shahrining Jizzax markaziy dehqon bozori, Qarshi shahrining Qarshi dehqon oziq-ovqat bozori, Namangan shahrining Namangan chorsu dehqon universal bozori va Toshkent shahrining Farhod dehqon bozorida (9 000 so‘m) kuzatildi.

    Shuningdek, mazkur bozorlarda shakarni minimal 7 300–8 500 so‘m oralig‘ida ham xarid qilish mumkin.

    Mavzuga doir:

    • Qanday yashayapsiz, odamlar? Oyiga 440 ming so‘m ham top(ol)maydigan o‘zbekistonliklar bilan suhbat
    • Toshkent bozorlarida narxlar barqarorligini ta’minlovchi elektron tizim ishga tushadi
    • Markaziy bank: “O‘zgaruvchan ob-havo go‘shtning narxi oshishiga ta’sir qilishi mumkin”

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Angliya Liga Kubogi. “Nyukasl” “Manchester Siti”ni musobaqadan chiqarib yubordi, “Liverpul”da ishonchli, “Arsenal” va “Chelsi”da minimal g‘alabalar

    Bugun, 01:59

    A Seriya. Eldor Shomurodov maydonga tushgan o‘yinda “Kalyari” “Milan”ga yutqazdi, “Inter” o‘z maydonida imkoniyatni boy berdi (video)

    Bugun, 01:42

    La Liga. “Real” o‘z maydonida “Las-Palmas” ustidan ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi (video)

    Bugun, 00:32

    Rasman: Jaloliddin Masharipov — “Panserraykos” futbolchisi

    Bugun, 00:10

    Qashqadaryoda maktab direktori o‘qituvchilardan 300 ming so‘mdan yig‘ib, o‘z manfaati yo‘lida ishlatgani aytildi

    Bugun, 00:10

    O‘zbekistonda hukm ustidan apellyatsiya shikoyatini berish muddati qisqartirildi

    Kecha, 23:56

    Dubayda dunyodagi ilk suzib yuruvchi masjid quriladi (foto)

    Kecha, 23:40

    O‘zbekistonda madaniyat tizimidagi qancha xodim korrupsiya ortidan hayfsan olgani ochiqlandi

    Kecha, 23:30

    Pedagogika kollejining 9 yil avval yo‘qolgan talabalari, to‘ydagi yong‘inda halok bo‘lganlar, daryo qirg‘og‘iga kelib qolgan sport binosi — 27-sentabr suratlari

    Kecha, 23:10

    Putinga frontdagi vaziyat haqida yomon xabar yetkazilmaydi — OAV

    Kecha, 22:46

    Tavsiya etamiz

    Pedagogika kollejining 9 yil avval yo‘qolgan talabalari, to‘ydagi yong‘inda halok bo‘lganlar, daryo qirg‘og‘iga kelib qolgan sport binosi — 27-sentabr suratlari

    23:00 / 27.09.2023

    “Dok-1 Maks” ishi: sudlanuvchi suddagi ko‘rsatmasini 65 nafar bolaning yaqinlariga ta’ziya izhor etish bilan boshladi. Bu holat sudda ilgari kuzatilmagandi

    15:00 / 27.09.2023

    “Faqat bitta taklif tushgan” — mas’ullar “Antistrumin” dori vositasi xaridi bo‘yicha izoh berdi

    14:00 / 27.09.2023

    “Baqqol qizining buyuk merosi”. Britaniya tarixidagi ilk ayol bosh vazir va mamlakatni iqtisodiy tanglikdan olib chiqqan Margaret Tetcher hayoti

    14:00 / 27.09.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    O‘zbekistonda elektron tijorat qanday rivojlanmoqda?

    17:00 / 26.09.2023

    “Bugungi geosiyosiy vaziyatda bitta davlatga tayanib bo‘lmaydi” — bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev

    15:00 / 26.09.2023

    O‘zbekiston oktyabr oyidan Rossiyadan gaz import qilishga tayyor — Energetika vazirligi

    16:00 / 25.09.2023

    “Oltin vasvasasi”: Nima uchun Markaziy Osiyo davlatlari oltinga pul tikmoqda?

    17:00 / 22.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    O‘zbekistonda oktyabr oyida qanday ob-havo kutilmoqda?

    14:00 / 27.09.2023

    Farhod Mannopov vafoti yuzasidan ikki kishiga ayb e’lon qilindi

    17:00 / 27.09.2023

    “Ular qirg‘iz va o‘zbeklar o‘rtasida nifoq solishni ko‘zlagan” — Sadir Japarov

    18:00 / 27.09.2023

    Shimoliy Koreyaga qochib ketgan amerikalik harbiy taqdiri ma’lum qilindi 

    20:00 / 27.09.2023

    Rayhonning “Humo Arena”dagi konserti qoldirildi. Tashkilotchilar chiptalar sust sotilgani tufayli uni bekor qilishga majbur bo‘lganini aytmoqda 

    11:00 / 27.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.